“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:31
ЎЗO‘Z

Toshkentda o‘tgan ShHT Sammiti: muhim qarorlar, yangi qadamlar, istiqboldagi rejalar

25 iyun, 18:06 8 245 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda o‘tgan ShHT Sammiti: muhim qarorlar, yangi qadamlar, istiqboldagi rejalar 2016 yil 23-24 iyun kunlari Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida. Majlis O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tdi.

ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilmoqda. Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010 yillarda raislik qilgan.

Davlat rahbarlari ShHTning 15 yillik faoliyati asosiy natijalarini ko‘rib chiqdilar. Tashkilot nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egallagani alohida ta’kidlandi.

Majlisda xalqaro terrorizm, ekstremizm va uning boshqa ko‘rinishlari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek xavf solayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu tahdidlarga faqat hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirish orqali qarshi kurashish mumkinligi qayd etildi.

O‘zaro hamkorlik, davlat suverenitetini hurmat qilish va boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan holda, xavfsiz, xolis va ochiq axborot makonini yaratishga doir sa’y-harakatlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyotning pasayishiga qarshi samarali kurashish borasida tajriba almashish, innovasion texnologiyalarni joriy qilish, qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegasiyalari rahbarlari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni – Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Evgeniy Sisoyev qatnashdi.

Sammitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangani Toshkent sammitining muhim voqealaridan bo‘ldi.

Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi maqomiga ega bo‘lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolanishini ma’qulladilar.

Muzokaralar yakunida ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklarasiyasi, ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi.

ShHTga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 202
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar