“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 06:53
ЎЗO‘Z

Rayhon Shahzodadan ortda qolib, Lola, Munisa, Manzura va Nilufar Usmonovadan o‘zib ketdi

24 iyun, 00:24 17 688 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rayhon Shahzodadan ortda qolib, Lola, Munisa, Manzura va Nilufar Usmonovadan o‘zib ketdi Ijtimoiy tarmoqlar bugun ko‘plab soha vakillari uchun nafaqat vaqt o‘tkazish uchun vosita, balki o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘makchi vazifasini ham o‘tamoqda. Ayniqsa, undan ro‘yxatdan o‘tgan shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislari bilan bemalol suhbat qurish imkoniyatiga egalar, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva ham Instagram’da birinchilardan bo‘lib shaxsiy sahifasini ochgan o‘zbekistonlik mashhurlardan sanaladi. Bugun uni kuzatib borayotganlar soni 500 ming nafardan ortdi. Xonanda bu haqda quvonchi ichiga sig‘may shunday yozadi:

“Mening yonimda shuncha yil bo‘lganingiz uchun rahmat. Hayotimdagi turli lahzalarda yonimda turganingiz uchun rahmat. Menig ijodimni kuzatib borganingiz uchun rahmat. Shunchaki yonimda ekanligingizga rahmat. Sizning izohlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda zarur. Har biringizni yaxshi ko‘raman va qadrlayman!”.

Rayhonning iliq fikrlariga nisbatan uning ashaddiy muxlislari javob qaytarar ekan, ijtimoiy tarmoqdan fodalanishining asosiy sababi Rayhonni ko‘rish ekanini aytadi.

Tahririyatimiz xodimlari Rayhon G‘anievaning yozganlari bahonasida o‘zbek shou-biznesining taniqli ayollari Instagram’ini kuzatib, kuzatuvchilar sonini solishtirib chiqdi. Ayni damda Instagram’dan ro‘yxatdan o‘tgan xonandalar orasida kuzatuvchilarining ko‘pligi bilan birinchi o‘rinni xonanda Shahzoda egallab turibdi. Uning kuzatuvchilari bugungi kunga kelib 720 mingdan oshgan.

Ikkinchi o‘rinni esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva egalladi.

Aktrisalar orasida esa Asal Shodieva peshqadam. Bugun uni 493 ming kishi kuzatib kelmoqda.

Ochiq-sochiq liboslardagi suratlari sabab xonanda Lola Yo‘ldoshevaning ham kuzatuvchilari soni ortib ketdi. Bugun uni Instagram’da 439 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib kelyapti.

Keyingi o‘rinda esa 419 ming foydalanuvchini o‘ziga qaratgan aktrisa Zarina Nizomiddinova turibdi. Uning suratlari ham Lola Yo‘ldoshevanikidan qolishmaydi.

Loladan keyingi o‘rinlarni esa 404 ming kuzatuvchi bilan xonanda Munisa Rizaeva, 382 ming nafar kuzatuvchi bilan “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva va 377 ming kuzatuvchi bilan Nilufar Usmonova egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 0
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 117
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 295
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 069
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 307
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 375
  • So'nggi yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 9
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 229
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 74
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 81
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 112
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 103
  • Bo‘limlar