“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:53
ЎЗO‘Z

Xitoyda simsiz quvvatlantiriladigan elektrobuslar ishga tushiriladi

22 iyun, 00:33 6 532 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda simsiz quvvatlantiriladigan elektrobuslar ishga tushiriladi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Sindao shahrida yaqin vaqt ichida mamlakatdagi ilk yo‘nalishli jamoat elektrobuslari ishga tushiriladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Ekologik toza transport simsiz quvvatlantirish tizimi yordamida elektr quvvati oladi.

Loyiha Germaniyaning Bombardier kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yaqinda kompaniya Sindao shahrining Siyaxan tumanida joylashgan Xitoy-Germaniya ekologik bog‘i bilan bu borada kelishuvga erishgan edi.

Loyiha doirasida qisqa va o‘rta masofali ikki tajribaviy yo‘nalish ishlab chiqiladi, ularda 20 ta jamoat elektrobusi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

200 kVt quvvatga ega simsiz quvvatlantirish tizimlari to‘xtash bekatlarida joylashtiriladi. 60 kVt/soat quvvatli batareyalarni magnit maydoni yordamida quvvatlantirishga bor-yo‘g‘i 30 sekund ketadi. Ya’ni yo‘lovchilar avtobusdan tushayotgan vaqtda mashinalar quvvat olib bo‘ladi.

Bu tizim avtobus vaznini 2 tonnaga kamaytirish, energiya sarfini 15 foizga qisqartirish imkonini beradi. Elektrobus sig‘imi standart avtobuslarga nisbatan 12 kishiga ko‘proqdir.

Bunday tipdagi elektrobuslar Germaniyaning Berlin va Mangeym shaharlarida ishlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar