“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:29
ЎЗO‘Z

50 ming so‘mlik kupyura chiqarilgani haqiqatmi?

30 мая, 14:08 11 564 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
50 ming so‘mlik kupyura chiqarilgani haqiqatmi? Internetda yangi 10 ming so‘mlik kupyura chiqarilayotgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqaldi. Yangiliklarning isboti sifatida ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida yangi kupyuraning har ikkala tomoni tasviri tushirilgan rasmlar aks eta boshladi. Unda Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoning surati va “Amir Temur tavalludining 680 yilligi” degan yozuv bo‘lib, kupyuraning bir tomonida esa O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilib, lotin alifbosida “10 000 so‘m” deb, yozilgan. Bunga nisbatan internet foydalanuvchilari turli xil fikrlar bildirishgan edi. Izohlarda turli farazlar ya’ni bu yil Amir Temurning 680 yilligiga bag‘ishlanib yoki yurtimizda bo‘lishi rejalashtirilayotgan yubiley sammiti munosabati bilan yangi 10 ming so‘mlik chiqarilishi mumkinligi bildirilgandi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar bermoqda.

Biroq ayrim internet nashrlarida Markaziy bank mas’ul xodimlari 10 ming so‘mlik kupyuraga oid mish-mishlarga oydinlik kiritib, uning muomalaga chiqarilishini inkor etishgandi.

YaNADA KATTA “IXTIRO”!

Ayni kunda esa yangi — 50 ming so‘mlik bilan bog‘liq shov-shuvlar “o‘rgimchak to‘ri”ni qamrab oldi va 50 ming so‘mlik kupyura suratlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhim yangilik sifatida rosa aylandi. Izohlar esa quyidagicha:

“Bugun “ok.ru”da shov-shuv — yangi 50 ming so‘mlik chiqibdi...”,

“Tamom endi, 5 ming so‘mlikdan ham katta pul chiqibdi, 50 ming so‘mlik...”,

“... 10 ming so‘mlik pul ham chiqqanku?...”

Bu kabi mish-mishlarga internet saytlarda turlicha munosabatlar bildirilmoqda. Xususan, ommabop saytlarning birida bu ham 10 ming so‘mlik kabi internet foydalanuvchilarining yangi “ixtirosi”, xolos, deya ta’riflansa, surhon.com sayti esa video lavha orqali yangi so‘mning qalbaki ekanligini asoslab beruvchi faktlarni keltirib o‘tgan. Unda so‘m raqami bilan naqshlar chaplanib ketganligi ta’kidlanib, “ixtirochi” fotoshopda biroz xatoga yo‘l qo‘ygani “qistirib” o‘tilgan.

HAQIQATMI YoKI SAFSATA?

Xullas, bunday asossiz qarash va xulosalarni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Shunday ekan, tobora kengayib borayotgan mish-mishlarga soha mutaxassislari yordamida oydinlik kiritamiz. Xo‘sh, yangi so‘mlar haqiqatmi yoki safsata? Masalaga Markaziy bank matbuot xizmati oydinlik kiritadi:

— Avvalroq 10 ming so‘mlik kupyura borasida ham shunday asossiz xabarlar tarqalgandi. Endi esa 50 ming so‘mlikning mish-mishlari paydo bo‘ldi. Bunga javoban esa ayni paytda hech qanday yangi kupyura joriy qilinmayotganini aytish joiz. “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yangi so‘m joriy qilinsa, ijtimoiy tarmoqlar emas, balki eng avvalo ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

ESLATIB O‘TAMIZ


Hozirgi paytda O‘zbekiston so‘mining eng katta qiymatli kupyurasi 5 ming so‘mlik hisoblanib, u 2013 yil 1 iyuldan muomalaga chiqarilgan.

Guvohi bo‘lganingizdek, internet tarmoqlarida aks etgan yangi kupyuralar fotoshop mahsuli xolos. Biroq, “so‘m” davlat belgisi hisoblanib, bu mavzuni hazilga yo‘yish maqsadga muvofiq emas, deb o‘ylaymiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 202
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar