“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:29
ЎЗO‘Z

APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchilar

26 мая, 12:51 8 795 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchilar Futbol jamoaviy sport turi bo‘lganligi bois o‘yinchilarning jarohat olmaslikdan kafolatlanmagan. Bir so‘z bilan aytganda, futbolda kutilmagan holda jarohat olish holatlari kuzatiladi. Quyida e’tiboringizga APLda jarohat oladigan charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.

Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”)

Necha marotaba jarohat olgan: 44 marta.

“Qizil iblislar” sardori APLda eng ko‘p jarohat oladigan futbolchi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, APLda jarohat olish borasida chempion hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Shrek” (Runi laqabi) shifokorlarning huzuriga 44 marotaba murojaat qilgan. Shunga qaramay, Runi jarohat olgan paytlarida ham tezroq maydonga qaytishga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli, tuzalish jarayoni tez kechadi.

Loran Koselni (“Arsenal”)

Necha marotaba jarohatlangan: 33 marta.

“Arsenal” himoyachisi ham bu borada o‘z ampluadoshlari orasida etakchi hisoblanadi. Ilgari “kanonirlar” safida Abu Dabi eng ko‘p jarohat oladigan futbolchi edi. Dabi ketib, o‘zidan qolgan “meros”ni Koselniga qoldirib ketdi. Fransiya terma jamoasi himoyachisi jiddiy kurashlardan o‘zini olib qochmasligi sababli, yuqorida tilga olganimizdek, jarohatlar yuzaga kelmoqda.

Yaya Ture (“Manchester Siti”)

Necha marotaba jarohatlangan: 33 marta.

Jismonan juda baquvvat bo‘lishiga qaramay, Yaya Ture ham ko‘p jarohatlanadi. Yakunlangan mavsumni o‘zidayoq Ture 8 marotaba shifokorlar huzuriga borganligini aytib o‘tish lozim. Turening ham Runiga o‘xshash jihati shuki, jarohatlangan bo‘lsa-da, maydonga chiqishga bo‘lgan ishtiyoqi sababli, tez qutuladi. Shundan keyin, maydonga qaytadi.

Samir Nasri (“Manchester Siti”)

Necha marotaba jarohatlangan: 29 marta.

Nasri ham APLda ko‘p jarohat oladi. Samir asosan tizzasi bilan bog‘liq jarohatlarga ko‘p marotaba duch keladi. Shu boisdan Nasri ko‘pincha maydon chetida qolib ketmoqda. Aks holda, Nasri doimiy sport formada bo‘lsa, har qanday o‘yinda o‘zini ko‘rsata olish qobilyatiga ega. Hujumlarni tashkillashtirib berish jarayonida uning xizmatlari beqiyos hisoblanadi.

Teo Uolkott (“Arsenal”)

Necha marotaba jarohatlangan: 27 marta.

Tezkor hujumchi maydonda o‘zini hech ham ayamaydi. Jiddiy kurashlarga ko‘p kirishadi. Shuning uchun ham tez-tez jarohat olish holatlari kuzatiladi. Uolkott o‘zining bu boradagi shaxsiy rekordini 2014 yili o‘rnatgan bo‘lib, yanvardan to oktyabrga qadar hammasi bo‘lib 280 kun davomida tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan vaqtini o‘tkazgan.

Daniel Starrij (“Liverpul”)

Necha marotaba jarohatlangan: 27 marta.

Starrij “Chelsi”, “Bolton”da to‘p surgan paytlarida ham jarohatlar olib turardi. “Liverpul”ga ko‘chib o‘tganidan keyin, bu borada o‘z rekordini yangilab bormoqda. Ko‘pincha jarohat olib, uzoq vaqt safdan chiqishi natijasida Yurgen Klopp uni “Liverpul”dan ketishini istab qolgandi. Safga qaytganidan keyin, barchasi iziga tushib ketgandek. Chunki u maydonda bo‘lgan vaqtlarida raqib darvozasini ishg‘ol qila olishni uddasidan chiqmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar