Xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. U o‘zining kundalik hayoti bilan muxlislarini deyarli har kuni tanishtirib boradi.
Bugun u Instagram`dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, yana bir ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
“Do‘stlar, va nihoyat men “VKontakte” tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tdim. Mening mazkur ijtimoiy tarmoqdagi yagona rasmiy sahifamga a’zo bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring!,— deb yozdi Lola.