“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Olimlar bolaga nima uchun baqirmaslik kerakligini aniqlashdi

07 мая, 23:17 8 876 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar bolaga nima uchun baqirmaslik kerakligini aniqlashdi Agar doimiy ravishda bolaga baqirilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, bu esa uning jismoniy holatiga ta’sir qiladi va hatto semirishga olib kelishi mumkin. Bunday xulosaga Ayovalik olimlar kelishdi. Tadqiqot natijalari to‘g‘risida Fox News yozadi, deb xabar beradi "Darakchi" nashri.

"Tarbiya jarayonidagi qo‘pollik salomatlikda jiddiy jismoniy muammolarni keltirib chiqaradi", — deydi tadqiqot muallifi Tomas Shofild.

Iowa Youth and Families Project guruhi o‘tkazgan tadqiqotda 12 yoshli 451 nafar o‘smir va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Olimlar bolalar 20 yoshga etgunga qadar bir necha yillar davomida oiladagi muhitni kuzatishdi.

Har bir ota-onaga qo‘pollik reytingi bo‘yicha baho berildi, unda jismoniy agressiya, ta’qiqlar, nimadir amalga oshirishga zo‘rlash, xudbinlik yoki bolaga ovoz ko‘tarish kuzatilgan. Tajriba yakunlariga ko‘ra bolalarning jismoniy ahvoli o‘rganildi.

Shofildning ta’kidlanishicha, tarbiyadagi shafqatsizlik bola uchun surunkali stress muhitini yaratadi, buning asoratlari esa bola katta bo‘lganida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday tarbiya bolaning rivojlanayotgan miyasiga ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, boshqa salbiy oqibatlari bilan birga gormonal o‘zgarishlar, shamollashlar hamda yurak qon tomir faolligi susayishi kuzatilishi mumkin.

"Bizdan talab etiladigan eng yaxshi narsa bu ota-onalarni o‘ta qattiqo‘llikdan qaytarish. Agar biz to‘laqonli sog‘lom farzand ulg‘ayishini istasak, buning eng to‘g‘ri yo‘li, — shafqatsizlik va qahr ko‘rsatishdan qochishdir", — deydi Shofild.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar