Toshkent hayvonot bog‘ida birvarakayiga uchta ayiq bolalari tug‘ildi. Bu haqda hayvonot bog‘i saytida ma’lum qilingan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi hayvonot bog‘ida endi oq ayiqlar juftligi (Tyan Shan)ning Pasha va Masha avlodlari paydo bo‘ldi. Bu 15 yoshli ota-ona ayiqlarning to‘rtinchi bor farzand ko‘rishi bo‘ldi.
To‘rt oylik ayiqchalarni hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar bemalol tomosha qilishlari uchun ochiq qafaslarga ko‘chirildi.