“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 01:17
ЎЗO‘Z

Bugun O‘zbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova tavallud topgan kun!

28 apr, 21:01 19 141 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun O‘zbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova tavallud topgan kun! 1963 yil, 28 aprelda tavallud topgan O‘zbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova Mamajonovna 1980 yilda o‘rta maktabni tamomlab, hujjatlarini (1981 yilda) Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik instituti (musiqali drama)ga topshirdi, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.

1986 yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlagan aktrisa ijodiy faoliyatini Muqimiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatridan boshlab, sahnada “Mashrab” spektaklida Ofoqoy, “Alpomishning qaytishi”da Barchin, “Quduq tubidagi faryod” sahna asarida Toshbuvi, Shuningdek, Nodirabegim (“Nodirabegim”), Fotima (“Fotima va Zuhra”), Oyjamol (“Taqdir”), singil (“Aka-uka sovchilar”) kabi bir qator bosh rollarni ijro etdi.

Betakror ijrosi va rollari bilan teatr san’atiga qo‘shgan hissasi uchun aktrisa 1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2003 yilda esa O‘zbekiston Xalq artisti unvoniga loyiq deb topildi.

2005 yilda Zulayho Boyxonova “Sahnamiz farishtasi” nominasiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdirlandi.
2011 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeniga sazovor bo‘ldi.

Ayni damda aktrisa va xonanda Zulayho Boyxonova O‘zbekiston Xalq artisti Abduxoshim Ismoilov rahbarligidagi «Ofarin» milliy ansamblida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bugungacha “Na qilay”, “Sarob”, “Xay-xay”, “Alla”, “Bo‘lmasa”, “Sevasanmi”, “Rashk”, ”Sen bahorni sog‘inmadingmu?” kabi qo‘shiqlar xonandaning ijodiy repertuarini bo‘yitib kelmoqda.

Ayni damda tavallud ayyomini oilasi davrasida nishonlayotgan Zulayho Boyxonovaga Zamin.uz sayti xodimlari sog‘lik, omad va ijodiy parvozlar tilab qoladi!




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 46
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 127
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 78
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 91
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 0
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 4
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 54
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 110
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 46
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 66
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 88
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 145
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 151
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 127
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 159
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 263
  • Bo‘limlar