“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:27
ЎЗO‘Z

Apple smartfonlar bozorida yana Samsung’dan ortda qoldi

20 apr, 11:55 6 707 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple smartfonlar bozorida yana Samsung’dan ortda qoldi TrendForce tahlil kompaniyasi smartfonlar savdosi keskin tushib ketganidan dalolat beruvchi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi. Ekspertlar ta’kidlashicha, 2016 yilning birinchi choragida iPhone savdosi ayniqsa shiddat bilan tushib ketdi, va bu Samsung’ga Apple’ni ancha ortda qoldirish imkonini berdi.

2016 yilning dastlabki uch oyi davomida dunyoda 292 mingga yaqin smartfon chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan qisqarish sezilarsiz — atigi 1,3 foiz. Biroq ma’lumotlarni o‘tgan chorak ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda, savdo hajmi 18,6 foizga pasayib ketganini ko‘rish mumkin.

Smartfonlar bozorida, 2016 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 27,8 foiz natija bilan hamon Samsung egallamoqda. O‘tgan chorakda uning hissasi 22,1 foizni tashkil etgan edi.

Apple esa ikkinchi o‘rinda qolmoqda, ammo uch oy avval uning smartfonlar bozoridagi hissasi 20,9 foizdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi ushbu ko‘rsatkich 14,4 foizga tushib qoldi.

Reytingning uchinchi pog‘onasida Huawei (9,3%), keyingi o‘rinlarda esa Lenovo (5,8%), Xiaomi (5,5%) va LG (5,1%) joylashdi.

TrendForce eksperti Avril Vu aytishicha, iPhone 6s’ga bozorda talab yo‘q. U iPhone 6’ga o‘xshaydi va o‘rtacha xaridorga haqiqatda kerak bo‘lgan qo‘shimcha funksiyalarga deyarli ega emas.

Martda chiqarilgan iPhone SE Apple savdolarini iPhone 7 chiqquniga qadar ushlab turadi. Biroq yangi 4 dyuymli smartfon Xitoy brendlarining modellari bilan raqobat kurashiga duch kelib bo‘ldi va o‘rtacha narx segmentida etakchi o‘rinlarni egallamay qo‘ydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 71
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 488
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar