“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:07
ЎЗO‘Z

Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor?

13 noya, 23:30 1 211 Tibbiyot
Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor?
Madam Bovari sindromi 19-asr romantik romanlari paydo bo‘lganidan keyin paydo bo‘lgan xarakterning ruhiy buzilishi, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘ziga ideal juft izlash. O‘shandan beri sevgining idealizatsiyasi minglab odamlarni (odatda ayollar) doimiy umidsizlikka olib kelmoqda, deya xabar bermoqda Quora. "Mukammal sevgi" ni izlash har doim haqiqiy munosabatlarni idrok eta olmaslik bilan tugaydi. Vaholanki, inson zoti hech qachon ideal bo‘la olmaydi.

1. Romantikaga moyillik ~ Madam Bovari sindromi bo‘lgan odamlar qanday yolg‘iz qolishni bilishmaydi. Ular ideal sevgilisi kelishi, ularning hayotini o‘zgartirishi va ularni odatdagi muammolardan xalos qilishiga ishonishadi. Ular bitta munosabatni tugatishganida, tezda boshqa munosabatni boshlashadi. Ularning yagona maqsadi - romantik kitoblar, shoular yoki filmlarda ko‘rgan odamga o‘xshash odamni topish. Har safar ular yangi inson bilan uchrashganda, o‘sha qahramonlarni eslashadi. Ular qahramonlarni fikrlarini o‘zgartirishning iloji bo‘lmaydigan darajada ideallashtiradilar.

2. Imkonsiz muhabbat ~ Real munosabatlarni saqlay olmaganliklari sababli, ular odatda imkonsiz sevgiga murojaat qilishadi. Ehtimol, ular allaqachon ishqiy munosabatlarga kirishgan bo‘lsada, ular baribir boshqa odam bilan bo‘lgan mukammal muhabbat xayoliga ergashadilar. Bu ularni baxtsizlikka yetaklaydi, chunki ular bu ketishda yolg‘iz bo‘lib qolishadi.
Murakkab munosabatlar yoki azoblangan odamlar ularni jalb qiladilar, chunki ular uchun bunday munosabatlar ishtiyoqlidir.

3. Doimiy norozilik ~ Ular ishqiy munosabatlarni boshlashganda, ularning hamrohi oddiy inson ekanligini bilib olishadi. Va natijada ularning kamchiliklari yuzaga chiqadi. Idealizatsiya yo‘qoladi. Ular hech qachon hech kimdan qoniqish his qilishmaydi. Nima uchun, deysizmi? Ular muhabbatni xafagarchilikning dastlabki bosqichidan boshqasi deb tushunmaydilar. Ular munosabatlar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega.

Madam Bovari sindromiga kimlar chalinadi?
Bir necha asr oldin bu ayollarda keng tarqalgan edi. Ammo bugungi kunda foizlar muvozanatlashdi. Buning sababi, o‘sha paytda erkaklar ishlagan, ayollar esa uyda qolishgan. Bo‘sh vaqtlarini faqat romantik kitoblarni o‘qish bilan o‘tkazishardi. Bu ularni haqiqatdan chetlashtirib, ularni kundalik muammolar bo‘lmagan joylarga olib bordi. Bundan tashqari ushbu sindromga bolaligida ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan qizlar ham uchraydi. Shuning uchun ular o‘z sheriklarining e’tiborini jalb qilish uchun ortiqcha ehtiyojni his qilishadi. Bu yana o‘sha his-tuyg‘ularni boshdan o‘tkazmaslik uchun harakat qilish usuli.

Madam Bovari sindromining asosiy belgisi doimiy tushkunlik. Ammo kasallikka chalingan odamlarni mutaxassis yordami bilan davolash mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Toshkentda «Madam Tyusso» muzeyi ochildi. Unda Hojiboy Tojiboyevning ham mum haykali bo‘ladi (video) 18 okt, 09:06
  • Erkaklarning aytilmaydigan qoʻrquvlari 14 sen, 12:18
  • Olimlar "surunkali charchoq sindromi"ning sababini topishdi 13 iyul, 19:55
  • Ayriliqdan so’ng: Anjelina Jolining mum haykali madam Tyusso muzeyiga joylashtirildi. Bu safar uning yonida Bred Pitt haykali yo’q! 27 okt, 16:47
  • Noyerning mum nushasi madam Tyusso muzeyiga qo‘yiladi 23 yanv, 16:13
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar