“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:49
ЎЗO‘Z

Semizlik - kasallikmi yoki fiziologik jarayon?

08 noya, 14:30 1 281 Tibbiyot
Semizlik - kasallikmi yoki fiziologik jarayon?
Inson organizmi murakkab jarayon ekanligi hammamizga maʼlum. Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bu-semizlik. Semizlik-kasallikmi yoki fiziologik jarayon? Bugungi maqolamiz shu haqida.

SEMIZLIK - bu organizmda moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi va buning oqibatida har bir inson organi oʻz funksiyasini yaxshi bajara olmaydi. Buning natijasida koʻplab kasalliklar organizmda vujudga kelishi mumkin. Buning asosiy sabablari nimada?

Birinchidan, inson organizmi yashashi uchun unga yetarli miqdorda ozuqa kerak boʻladi. Bu albatta hammamizga maʼlum boʻlgan, vitaminlar, minerallar, uglevod, yogʻ va oqsillardir. Ozish istagida boʻlganlar uglevod, yogʻ, minerallardan butunlay voz kechishadi. Bu mutlaqo xato. Biz hali oʻzimizning organizmimiz tuzilishini bilmasdan koʻr-koʻrona ish yuritamiz. Bu esa bizning sogʻligimizga juda katta ziyon yetkazadi.

Amerikalik olimlar semizlik genetik omil deya talqin qilishdi (yaʼni mahalliy til bilan aytganda zotida semizlikka moyil boʻlishi). Garvard universitetidagi professorlar esa bunday fikrni yoqlashmadi. Har bir organizmning oʻz tuzilishi boʻladi va semizlik ham gendan genga oʻtmaydi degan xulosaga kelishdi. Biz bu faktlarni chuqurroq oʻrgandik.

Organizm insonning miyasi orqali boshqariladi. Hech qanday toʻqima, hujayra buyruqsiz oʻz ishini bajara olmaydi. Shunday ekan semizlik ham oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi. Buning asosiy sabablari bor. Biz buni 5 ta fakt asosida isbotladik.

https://encrypted-tbn0.gstatic.com/images?q=tbn:AN...

1. Notoʻgʻri ovqatlanish. Hammamizga maʼlumki hozirda dunyoning 70% dan koʻprogʻi tez tayyor boʻladigan fast-food mahsulotlarini qabul qilishadi. Bu oʻz-oʻzidan semizlikni keltirib chiqarishga sabab boʻladi. Fast-food mahsulotlari bizning kundalik kaloriyamizga umuman toʻgʻri kelmaydi. Toʻqlik hissini berishi mumkin, lekin foydadan koʻra zarari koʻproqdir. Bunday mahsulotlardan imkon boricha voz kechgan maʼqulroqdir.

2. Umuman harakat qilmaslik. Bu esa semizlikni kuchayishiga, bora-bora barvaqt qarishga hatto jiddiy kasalliklarga ham sabab boʻlishi mumkin.

3. Asabiylik. Bu dunyoning global muammolaridan biri. Asab qilmaslikning iloji yoʻq dersiz, lekin shuni unutmangki, asab miyaning ish faoliyatini izdan chiqaradi hamda qon tomirlar devorini siqib semizlikka olib keladi.

4. Sabrsizlik. Bu nima degani? Albatta hayron qolishingiz tabiiy hol. Sabrsizlik taʼsirida inson organizmi koʻp miqdorda, yaʼni keragidan ortiq ozuqani isteʼmol qilishi mumkin va bu ham oshqozonning buzilishi, ichaklarning ish faoliyatini zoʻriqib ishlashiga sabab boʻlishi aniq.

5. Mijozini bilmaslik. Bu nima degani? Qadimda tabiblar insonlarning mijoziga qarab turli kasalliklarni aniqlashgan. Inson oʻzini anglashi kerak. Mijoz bu - organizmga nima kerakligi va organizmning toʻgʻri ishlashi uchun muhimdir. Xalq tilida mijozi issiq mijozi sovuq degan iboralar ishlatiladi. Tibbiyotda esa hoʻl va quruq deb yuritiladi. Aynan qaysi mijoz vakili ekanligingizni bilish qiyin emas.

Tabiblar buni bemorlarning yoʻtaliga qarab aniqlashganlar. Agar sizga gripp boshlanganda quruq yoʻtal boʻlsangiz mijozingiz quruq boʻladi, agar aksi boʻlsa mijozingiz hoʻl boʻladi. Shunga qarab qaysi mahsulotlar organizmingizga foyda keltiradi yoki zarar bilib olishingiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan faktlar nafaqat semizlikka doir, balki insonning sogʻlom turmush tarzini rejalashtirib olishi uchun ham asos boʻladi.
Har birimiz oʻzligimizni anglashimiz shart. Tibbiyot xodimi boʻlamizmi yoki muhandis, biz oʻzimizning sogʻligʻimiz uchun javobgarmiz.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Semizlik va depressiya o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlandi 14 noya, 08:45
  • Olimlar kechki ovqatlanish qanday kasalliklarga olib kelishi mumkinligini aytishdi 13 noya, 06:31
  • Semizlik va uyquda nafas olishning to‘xtashi orasida bog‘liqlik bormi? 10 noya, 19:04
  • Bu parhezni qo’llab har kuni 1 kg dan ozish mumkin! Amalda ko’p bora sinalgan! 27 okt, 17:39
  • Umrni 7 yilga uzaytirish usuli ma’lum bo‘ldi 21 iyul, 16:00
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar