“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:40
ЎЗO‘Z

Sochingiz to‘kilishiga qarshi samarali niqoblardan foydalanishga shoshiling

31 okt, 23:58 1 548 Tibbiyot
Sochingiz to‘kilishiga qarshi samarali niqoblardan foydalanishga shoshiling
Biz bilamizki, soch to‘kilishi jiddiy muammo bo‘lib, uy sharoitida tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqoblar sizning ishonchli himoyangiz bo‘la oladi deb qo‘rqmasdan ayta olamiz.
Keling, mustaqil tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqobning eng samaralilarini birgalikda ko‘zdan kechirib chiqamiz.
1. Tuzli niqob

Ko‘pchilik tuz qadim zamonlardan buyon sochlarning to‘kilishini to‘xtatish uchun samarali niqob ekanligini bilmaydi. Soch to‘kilishiga qarshi tuzli niqob oddiy ishlaydi va mukammal ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, boshni yaxshilab yuvish kerak, keyin yodlangan tuzni oling, biroz iliq suv bilan aralashtiring, natijada tuzli bo‘tqa hosil bo‘lsin. Tayyor bo‘lgan bo‘tqani bosh terisi va soch ildizlariga ehtiyotkorlik bilan, bosmasdan surtib chiqishingiz kerak. Ushbu niqobni 15 daqiqa ushlab turib, so‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlang. Haftada 1-2 marta shu usuldan foydalaning.
2. Xinali niqob

Agar sochlaringiz juda ko‘p to‘kilayotgan bo‘lsa, unda sizga oddiy xina yordam beradi. Ushbu kosmetik vosita hozirda biroz unutilgan, ammo undan bizning onalarimiz va buvilarimiz sochlarini davolashda foydalanishgan. Xinaning bir qator foydali xususiyatlari bor — u sochlarga jilo bag‘ishlaydi, quruqligidan, qichishidan, qazg‘oqdan xalos qiladi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Agar sochingizni rangi o‘zgarishini xohlamasangiz, unda rangsiz xinadan foydalanishingiz mumkin. Niqob tayyorlash uchun 3 osh qoshiq xinani iliq suv bilan aralashtiring, 15 daqiqaga qoldiring va bosh terisi va sochlarga surting.
3. Aloeli niqob

Aloe — sochlarni to‘kilishini to‘xtatishda qo‘llaniladigan an’anaviy o‘simlikdir. Avvallari bunday maqsadlar uchun aloe maxsus o‘stirilib, barglarini qirg‘ichdan o‘tkazib, hosil bo‘lgan bo‘tqani bosh terisiga surtishardi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. Ammo, agar sizda bu o‘simlik mavjud bo‘lmasa, siz dorixonadan tayyor aloe sharbatini sotib olishingiz mumkin. Narxi hamyonbop, soch to‘kilishiga qarshi ta’siri esa juda kuchlidir. Uy sharoitida soch to‘kilishini to‘xtatish uchun aloe sharbatini bir xil nisbatda asal bilan aralashtirib, bosh terisiga surtish tavsiya etiladi.

Ushbu biz bergan tavsiyalardan unumli foydalansangiz, sochingiz to‘kilishidan kamroq aziyat chekasiz.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aspirin davolash, goʻzallik, tozalik va gullaringizning uzoq yashashiga yordam beradi 04 sen, 21:28
  • Past bo‘yli erkaklar sochi erta to‘kiladi 09 mar, 19:47
  • Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar 09 fev, 08:29
  • Soch to‘kilishini to‘xtating! 17 dek, 23:49
  • Soch to‘kilishiga qarshi 5 eng samarali niqob 15 sen, 15:58
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar