“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 10:36
ЎЗO‘Z

Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq?

15 okt, 19:06 1 483 Tibbiyot
Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq?
Foto: «Yandeks»
Meva, xususan, banan sotib olayotganda sap-sarig‘ini tanlashga harakat qilamiz. Chunki sariq rang — pishganidan dalolat. Yaxshi pishmagan yoki pishib o‘tib ketgan bananlar odatda do‘kon rastalarida qolib ketadi.

«Rambler» nima uchun yashil meva sarig‘idan foydaliroq ekaniga, aynan ularni xarid qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishiga oydinlik kiritdi.
Banan pishish bosqichlaridan o‘tish bilan birga ozuqaviy tarkibini ham o‘zgartirib boradi. Keling, yashil va sariq bananlarning yaxshi va yomon tomonlarini ko‘rib chiqamiz.

Yashil banan

Plyus tomonlari:
- Tarkibida turg‘un kraxmal ko‘proqligiga qaramay, u hali qandga aylanishga ulgurmagan bo‘ladi. Shu tufayli bunday mevaning glikemiya indeksi yuqori emas.
- Oshqozon-ichak yo‘li uchun foydaliroq.
- Diabetik (II tip)larga ham aynan yashil banan ayni muddao.
- Qad-qomatini nazorat qiladigan qizlarga yashil banan zarar yetkazmaydi.

Minus tomonlari:
- Tarkibida turg‘un kraxmal ko‘pligi bois qorinni shishirishi mumkin.

Sariq banan

Plyus tomonlari:
- Tanaga oson so‘riladi.
- Antioksidantlar darajasi yuqori.
- U mazaliroq.

Minus tomonlari:
- Glikemiya indeksi yuqori (ularda qand ko‘proq).
- Meva qancha yetilib pishsa, tarkibida foydali mikroelementlar shuncha kam bo‘ladi.
- Banan tarkibidagi qand tezda monosaxaridlarga aylanadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Nega bulg‘orilar har xil rangda bo‘ladi? 24 avg, 06:32
  • Banan iste’mol qilish kimlar uchun xavfli? 10 apr, 22:25
  • Banan mevasini sevib iste’mol qiluvchilar uning qanday gullashini biladimi? 08 avg, 23:20
  • Banan po‘sti nima uchun kerak? 04 mar, 09:50
  • Ozish uchun banan eyish – foydami yoki zarar? 12 mar, 15:42
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 25
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 160
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 180
  • Qorli Finlandiyadagi mushuklar oilasida nima gaplar (fotogalereya) 13 noya, 09:07 233
  • 73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi 13 noya, 08:39 307
  • Ko'chalar uchun yangi texnologiya: endi chiroqlarsiz ham yo'llar yorug' bo'ladi 13 noya, 08:13 502
  • Bir zarba bilan o‘z muxlisini kasalxonaga jo‘natgan Bryus Li 13 noya, 07:47 513
  • Shveysariyaga ketmoqchimisiz? Unda buni o‘qishingiz zarur! 13 noya, 07:20 618
  • Nazarboyev yadrosiz dunyoni targ'ib etuvchi yetakchilar ittifoqini tuzishga chaqirmoqda 13 noya, 06:50 163
  • Kit yutib yuborgan odam tirik qoladimi? 13 noya, 06:30 857
  • Bo‘limlar