“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:55
ЎЗO‘Z

Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi

19 sen, 11:55 4 357 Tibbiyot
Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi
Foto: «Rambler»
«Heart» jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga 1-2 marta kunduzi ozgina mizg‘ib olish insult va infarkt xavfini qariyb 50 foizga kamaytiradi.

«RAMBLER»ning yozishicha, Lozanna universiteti (Shveysariya) olimlari sakkiz yil davomida 35 — 75 yoshlardagi 3262 nafar bemorni kuzatishgan. Amaliyot boshlanishidan oldin ularning hech birida yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan. Biroq tajriba davomida 155 kishiga yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yildi. Ularni kuzatish natijasida quyidagilar aniqlandi: haftasiga 1-2 marta kunduzi muntazam ozgina uxlab olgan bemorlarda infarkt va insult soni kunning yorug‘ paytida uxlashga odatlanmaganlarga qaraganda 48 foiz kam qayd etilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish xavfining past darajasi hatto chekish va ortiqcha vazn kabi salbiy omillarda ham saqlanib qolgan.
Shunga ko‘ra kunduzi 30 daqiqa mizg‘ib olish uyquga to‘ymaslikning o‘rnini qoplaydi, yurak-qon tomir tizimi holatini yaxshilaydi va immun tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi.

Biroq olimlar 65 yoshdan oshgan kishilarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayish tamoyilini qayd etishmagan.
Tadqiqot mualliflarining aytishicha, keksa yoshdagi odamlarning salomatligini faqat kunduzgi uyqu bilan yaxshilab bo‘lmaydi.

Tadqiqot chog‘ida aniqlangan qiziqarli fakt: kunduzi tez-tez va ko‘p uxlash salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan, aksincha, sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan darak bergan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu toifa kishilarda kunduzgi uyquchanlikni lohaslik, kasalliklar chaqiradi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Olimlar go‘sht yemaslikning yangi xavfini aniqlashdi 12 sen, 17:36
  • Infarktga uchramaslikning samarali usuli maʼlum qilindi 01 okt, 16:48
  • Kunduzi 1 soatdan uxlab olish infarkt xavfini 40 foizga kamaytirishi qayd etildi 20 okt, 21:52
  • Tadqiqot: uzoq ish kuni yurak kasalliklarini keltirib chiqaradi 14 iyul, 20:04
  • Olimlar: bug‘doy doni o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolovchi xususiyatiga ega 26 fev, 21:48
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar