“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:52
ЎЗO‘Z

Jigar xastaligiga yetaklovchi 8 ta oddiy sabab

18 sen, 12:12 3 498 Tibbiyot
Jigar xastaligiga yetaklovchi 8 ta oddiy sabab
Jigarni ishdan chiqaruvchi omillar birgina alkogolni ko‘p iste’mol qilish bilan cheklanmaydi. Ba’zida shirinlikxo‘rlik ham yetarli sabab bo‘la oladi.
Agar sizga quyidagi bir qarashda beozor bo‘lib tuyilgan odatlar tanish bo‘lsa, jigar bezovta qilishiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi.

1. Shirinlikka o‘chlik
Ratsionda shakar keragidan ortib ketishi nafaqat kariyes va ortiqcha vazn yig‘ilishiga eltuvchi muqarrar yo‘l, balki jigarning alkogolsiz yog‘lanishi kasalligi omili hamdir. U o‘z navbatida sirroz va rak ildiz otishiga turtki bo‘ladi.

Bundan tashqari, xavf juda katta. Amerika klinik oziqlanish jurnali tashkillashtirgan tadqiqot natijasi: shirinliklar hisobiga kuniga ortiqcha 1 000 kaloriya oluvchi insonlarning atigi 2 foiz qismi vazn ortishidan aziyat chekishadi, ammo ularning 27 foizida hayot uchun xavfli bo‘lgan jigar yog‘lanishi aniqlanadi.

2. Chanqoqni shirin gazlangan ichimliklar bilan qondirish
Jigarda yog‘ to‘planishining asosiy sababchisi fruktozadir — oddiy uglevodlarning tabiatda keng tarqalgan turi. Tozalangan shakarning taxminan 50 foizi fruktozadan iborat. Ammo an’anaga ko‘ra, nisbatan sog‘liqqa foydasi ko‘proq deb o‘ylanadigan shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarda fruktoza miqdori ancha baland. Ular:

- asal;
- shirin mevalar — asosan uzum, banan, shaftoli.

Shuningdek, fruktozaning keragidan ortiq miqdorini shirin gazli va energetik ichimliklarda uchratish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shu kabi ichimlikka ruju qo‘ygan kattalar va bolalar jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi va uning asoratlaridan sezilarli darajada ko‘p aziyat chekishadi.

3. Ortiqcha vazndan qutulishga xohish yo‘qligi
Hozirgi kunda o‘zini boricha sevish urfga kirgan. Ammo buning boshqa qo‘shimcha effektlari ham mavjud. Xususan, ortiqcha vazn yig‘ilishi jigarning alkogolsiz yog‘ bosishi kasalligi xavfini oshiradi. Turli tadqiqotlarda ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi katta yoshli insonlarning 25 foizdan 90 foizgacha qismida ushbu xastalik aniqlangan.

4. Qorinda yog‘ yig‘ilishiga tolerant munosabatda bo‘lish
Yoqimtoygina ko‘ringan qorincha, ya’ni belga ortiqcha santimetrlar qo‘shilishi ham vazn ortishi bilan teng miqdorda xavflidir. Sizning umumiy tana vazningiz normada bo‘lib, ammo qorin sohangizda keragidan ortiq yog‘ to‘planishi kuzatilsa, bu visseral vazn yig‘ish kasalligi bo‘lishi mumkin.

Press mushaklarida joylashib ichki organlarni qamrab oluvchi yog‘ visseral yog‘ deb ataladi. U gormonal fonni o‘zgartiradi va jiddiy kasalliklarning bir butun qatori kelib chiqishi xavfi ortadi:

- metabolik sindrom va qandli diabetning ikkinchi turi;
- yurak koronar kasalligi;
- astma;
- demensiya;
- saraton.
Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi xavfi ortishi ushbu yoqimsiz ro‘yxatni to‘ldiradi.

5. Vitaminlarga bo‘lgan ishtiyoq
Hozirgi kunda dorixonalar turli multivitamin qo‘shimchalari bilan to‘lib toshgan. Ammo yodda tutingki, ularni zinhor nazoratsiz, terapevt bilan maslahatlashmasdan qabul qilmang.

Qaysidir vitamin miqdori oshib ketishi sizga foyda emas, faqatgina zarar keltirishi mumkin. Jumladan, jigar uchun eng xavflisi tanada A vitamini miqdori normadan oshishidir (kuniga 12 000 mkg yoki 40 000 ME ko‘p vitamin qabul qilish). Gipervitaminoz jigarni og‘ir toksik shikastlash, uning hajmi ortishi va sirrozga yetaklashi xavfi bor.

6. Har qanday og‘riqlarni paratsetamol bilan davolash
Aksariyat odamlar paratsetamolni bosh og‘rig‘i, harorat va tish zirqirashida ham yordamga keluvchi xavfsiz og‘riq qoldiruvchi deb hisoblashadi. Ko‘p jihatdan bu haqiqat: preparatni o‘z yo‘riqnomasiga binoan qabul qilinsa, u katta ehtimol bilan asqotadi, zarar keltirmaydi. Ammo siz tavsiya etilgan dozadan oshirib yuborsangiz, bu jigar zararlanishiga sabab bo‘lishi mumkin: ahamiyatsiz va deyarli sezilmaydigan turidan og‘ir jigar yetishmovchiligi va hattoki o‘limgacha.

Shunga bog‘liq ravishda oziq-ovqat mahsulotlari va medikamentlar sifatini sanitar nazorat qiluvchi AQSh Boshqarmasi ogohlantiradi:

- Paratsetamol qabul qilishda yo‘riqnomada belgilangan miqdoriga amal qiling. Hech qanday holatda uni oshirib yubormang.
- Dori vositasini yo‘riqnomada ko‘rsatilgandan ko‘p vaqt davomida qabul qilmang.
- Paratsetamol saqlovchi turli dori vositalarini bir vaqtda ichmang. Masalan, shamollashga qarshi bir dori va bosh og‘rig‘i uchun boshqa dori ichsangiz va ularning ikkisining tarkibida ham paratsetamol mavjud bo‘lsa, jigarni zararlash xavfi ortadi.

7. Fastfud tanovul qilishga berilish
Kartoshka fri, chipslar, popkorn, kreker, margarindan tayyorlangan pishiriqlar va boshqa fastfudlar transyog‘larga o‘ta boy. Ular yuqorida ta’kidlanganidek, ortiqcha vazn, semirish va jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligiga omil sifatida sanaladi.

8. Ko‘p bo‘lmagan miqdorda alkogol iste’mol qilish
Ko‘p ichish jigarga ziyon keltirishi yangilik emas. Biroq «ko‘p ichish» nisbiy tushunchadir.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Jigarning kutilmagan “dushmanlari” (foto) 12 sen, 17:21
  • Olimlar jigarni yoshartirishning yangi usulini topishdi 08 apr, 13:36
  • Diqqat, paratsetamolni me’yordan ortiq iste’mol qilish jigarni ishdan chiqarar ekan 09 mar, 08:04
  • Jigarni «ezuvchi» kundalik 9 ta zararli odat, uni tozalovchi 11 mahsulot​ 25 iyul, 11:22
  • Quvvat beruvchi ichimliklarning eng asosiy xavfli jihati aniqlandi 20 mar, 11:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar