“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 16:01
ЎЗO‘Z

Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi

06 sen, 16:50 1 357 Tibbiyot
Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi
Tadqiqotchilar kompyuter tomografiyasi natijasida olingan oddiy suratlarni tahlil qiladigan dasturni ishlab chiqishdi.

Britan olimlari topgan o‘ta samarali usul yurak xuruji paydo bo‘lmasidan turib uning dastlabki belgilarini aniqlash imkonini beradi. The Times gazetasiga ko‘ra, bunga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash orqali muvaffaq bo‘lingan.

Oksford universiteti mutaxassislari sun’iy intellekt asoslanib ishlab chiqqan texnologiya yurak xurujiga uchrash ehtimoli o‘ta yuqori bo‘lgan insonlarda bu holat paydo bo‘lishini o‘n yilgacha oldindan aytib bera oladi. Yangi dastur yurakning kompyuter tomografiyasi vositasida olingan oddiy suratlarini tahlil qiladi. Olimlar buning yordamida tanadagi yog‘ to‘qimalari, chandiqlar, yallig‘lanishlar va yangi qon tomirlarining paydo bo‘lishini o‘rganib chiqqan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu dastur mijozda yurak xuruji paydo bo‘lishini oldindan 85-90% aniqlikkacha oldindan aytib beradi. “Kompyuter tomografiyasi yordamida ko‘rayotgan narsamiz bu – aysbergning uchi, xolos. Biz sun’iy intellektning favqulodda o‘ta kuchli tizimini ishlab chiqdik, u inson organizmini ichkaridan ko‘rib, unga xafv tug‘dirayotgan omillarni ko‘rsatib beradi”, dedi Oksford universiteti professori Xaralambos Antoniadis.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Muqaddas Xoliqova haqida Shifokorlar fikri: Xavf ortda qoldi 26 yanv, 15:44
  • Rayhon G‘aniyeva hijobda (fotolar) 16 noya, 10:00
  • Amerikalik yurak jarrohi O‘zbekistonga tashrif buyuradi 17 mar, 15:01
  • Odamning ismi uning shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatiga ta’sir qilishi aniqlandi 18 fev, 09:36
  • Toshkentda mobil telefonlarda yangi GSM tarmog‘i paydo bo‘lgani xabar qilindi 05 yanv, 23:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Tibbiyot sohasidagi uchta muhim strategik muammo ma’lum qilindi 22 sen, 15:43 266
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 173
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 408
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 156
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 379
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 687
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 628
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 862
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 211
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 454
  • Bo‘limlar