“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:59
ЎЗO‘Z

Shaxs ajralishi kasalligi

28 avg, 13:33 2 205 Tibbiyot
Shaxs ajralishi kasalligi
Shaxs ajralishi (shaxs dissotsiativ buzilishi) – psixik kasallik bo‘lib, insonda ikkinchi shaxsning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Psixiatriyada ko‘plab dissotsiativ shaxs buzilishi nomli kasallik mavjud, bunda insonda bir nechta shaxslar “yashaydi”. Ba’zan shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, bir insonda yuzdan ortiq shaxs yashaydi.

SABABLARI:
Dissotsiatsiya – psixologik himoya mexanizmi bo‘lib, bunda inson o‘zi bilan sodir bo‘layotgan hodisalarni xuddi boshqa odam bilan bo‘layotganday qabul qiladi.
Shaxs ajralishi sabablari quyidagilar:
- Og‘ir psixologik travmalar;
- Fizik zo‘rovonlikni boshdan o‘tkazganlar;
- Yoshligida emotsional zo‘riqishlarni o‘tkazganlar;
- Uzoq vaqt uyqusiz holatda bo‘lish.

BELGILARI:
Shaxs ajralishi sindromi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
• bemorda ikki va undan ortiq shaxsning “yashashi”;
• shaxsning har biri davriy ravishda o‘z “egasi” ustidan nazoratni qo‘lga oladi;
• uzoq vaqtli xotiraning buzilishi;
• vaqtdagi uzilishlar;
• kayfiyatning birdaniga o‘zgarishi;
• panik hujumlar (ataka);
• derealizatsiya hissi;
• uyquning buzilishi;
• bezovtalik;
• ovqatdan bosh tortish;
• gallyutsinatsiyalarning paydo bo‘lishi.

DIAGNOSTIKA:
Shaxsning dissotsiativ buzilishini qanday davolash borasida psixoterapevt quyidagi tekshiruvlarni o‘tkazadi:
• elektroensefalografiya;
• bosh miya kompyuter tomografiyasi;
• bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi;
Ushbu kasallikni shizofreniya, deliriy, aqliy zaiflik, shaxs buzilishlari va demensiyadan farqlash lozim.

DAVOLASh:
Shaxs ajralishini davolashda quyidagilar qo‘llaniladi:
• antidepressantlar;
• trankvilizatorlar;
• neyroleptiklar;
• psixoterapevtik davo;
• gipnoz.
Davolash kursi uzoq vaqt davom etadi, ko‘pincha umrbod davolanadi.

ASORATI:
Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, quyidagi asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi:
• amneziya;
• depressiya;
• depersonalizatsiya.
Suitsid (o‘zini o‘zi o‘ldirish) holatlari ham uchrashi mumkin.

Shaxs ajralishi ko‘proq ayollarda, bolaligida ruhiy travmalarni o‘tkazganlar, spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni qabul qilganlarda kuzatiladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Prezident mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 kishini afv qildi 28 avg, 00:30
  • Jismoniy shaxsning murojaatiga qanday talablar qo‘yiladi? 18 iyul, 10:09
  • Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin? 27 apr, 08:04
  • Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda yonib ketgan avtobus texnik nosoz bo‘lgan 20 fev, 12:15
  • Otishmaga sabab bo‘lgan Spark’ni olib qochgan shaxs qidirilmoqda 06 sen, 18:31
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar