“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:55
ЎЗO‘Z

Britaniyada buyrak kasalliklarini aniqlash uchun mobil dastur yaratildi

02 avg, 06:38 2 926 Tibbiyot
Britaniyada buyrak kasalliklarini aniqlash uchun mobil dastur yaratildi
London qirollik gospitali (Royal Free Hospital) xodimlari DeepMind kompaniyasi bilan hamkorlikda buyrak kasalliklarini o‘rtacha 14 daqiqada aniqlovchi mobil dastur ishlab chiqishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Dastur buyrak kasalliklarini aniqlash uchun qon tahlili natijalarini o‘rganadi. Uning algoritmlaridan biri qonda aminokislota-oqsil almashinuvining biokimyoviy reaksiyalari natijasida mushaklarda hosil bo‘luvchi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi kreatinin moddasi miqdorini aniqlaydi. Tadqiqot natijalari avtomatik rejimda shifokorlar va hamshiralarga diagramma va grafiklardan iborat hisobot tarzida jo‘natiladi.

Shifoxona xodimlari bu texnologiya shifokorlarga ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishga imkon berishiga umid qilishmoqda, chunki aynan o‘tkir buyrak yetishmovchiligining kech davolanishi ko‘pincha boshqa hayotiy muhim a’zolarning shikastlanishiga, bu esa o‘z navbatida o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.

London universitet kolleji mutaxassislari dastur tomonidan bemorlarning buyraklari holati haqidagi 12 ming hisobotni o‘rganib, shifokorlar dastur yordamida buyrakdagi patologik o‘zgarishlarni hozirda mavjud tahlil usullaridan ancha tezroq aniqlay olishlari haqidagi xulosaga kelishgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Buyrak va jigar xastaliklarida qovoqning foydali xususiyatlari 30 dek, 21:26
  • Olimlar gazli suv buyrak uchun xavfli ekanligini aytishmoqda 29 dek, 07:53
  • Do‘lananing 7 foydasi 24 noya, 06:00
  • Na’matak buyrak kasalligiga davo... 21 sen, 23:58
  • «Yandeks» ish qidirish uchun mo‘ljallangan mobil dastur chiqardi 13 mar, 15:24
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar