“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:56
ЎЗO‘Z

Majburiy tibbiy sug‘urta 3 bosqichda amalga kiritiladi

23 iyul, 21:53 3 613 Tibbiyot
Majburiy tibbiy sug‘urta 3 bosqichda amalga kiritiladi
O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta uch bosqichda, 2021, 2023 va 2025 yillarda joriy etiladi. Bu haqida majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish haqidagi prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan. Bu haqda Sof.uz nashri Norma.uzga tayanib xabar qilmoqda.

Normativ – huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmi 2021 yildan boshlab ommaviy tartibda joriy etila boshlanadi.

Majburiy sug‘urta 2021 yilda boshlanadigan birinchi bosqichda tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida joriy etiladi. 2023 yildan Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida joriy etiladi. 2025 yildan boshlab esa – butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi.

Vazirlar Mahkamasi qaramog‘ida Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Uning filiallari Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston respublikasida ishlay boshlaydi.

Ushbu fondning asosiy vazifasi etib – aholini tibbiy sug‘urta qilish loyihasini amalga oshirish, sug‘urta badallarini jamlash va boshqarish – belgilangan.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi jahaon tajribasini o‘rganib chiqib, JST ekspertlari hamda Janubiy Koreyaning Milliy tibbiy sug‘urta xizmati vakillari bilan maslahatlashgan va tajribasini o‘rgangan.

O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini tashkil qilish konsepsiyasi 2018 yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan edi. Ushbu sohada rejalashtirilayotgan islohotlar aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, sohaga moliyaviy resurslarni jalb qilish va ularni samarali xarajat qilishga qaratilgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yangi namunadagi sugʻurta polislari amalga kiritiladi 19 mar, 22:57
  • Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi 13 fev, 12:38
  • 2021 yildan majburiy tibbiy sug‘urtalash bosqichma-bosqich joriy etiladi 09 dek, 07:57
  • 2021 yildan O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi 10 noya, 09:18
  • O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta majburiy bo‘ladi 10 apr, 21:31
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar