“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 18:21
ЎЗO‘Z

Oyparastlik irsiy kasallik ekanligi aniqlandi

05 apr, 12:05 9 578 Tibbiyot
Oyparastlik irsiy kasallik ekanligi aniqlandi
Kanadalik olimlar keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida oyparastlik (lunatizm) irsiy kasallik ekanligini aniqladi, deya xabar bermoqda «Nur.kz»ga asoslanib "Sof.uz" nashri.

Agar bolaning otasi yoki onasi uyqusida noodatiy xatti-harakatlarga moyil bo‘lsa, bolaning oyparast bo‘lishi ehtimoli oddiy ota-onalar farzandlariga nisbatan uch barobar yuqoridir. Agar ota-onaning har ikkisi ham somnambulizmdan azob cheksa, u holda bolaning bu kasallikni meros qilib olishi ehtimoli etti barobar yuqoridir.

Tadqiqotlar chog‘ida olimlar Kanadaning Kvebek provinsiyasida 1997—1998 yillarda tug‘ilgan 2000 nafar bola haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Ular ustidan 2 yildan 13 yilgacha, 2011 yilga qadar doimiy kuzatuv olib borildi.

Oiladagi kasalliklar tarixini o‘rganib, tadqiqotchilar ota-onasi oyparast bo‘lmagan bolalarning 22,5 foizi umrida bir marta bo‘lsa ham uyqusida turib yurganini aniqladi. Ota-onasidan biri oyparastlikdan azob chekuvchi bolalar orasida esa ushbu ko‘rsatkich 47,4 foizni tashkil etdi. Har ikkala ota-onasi somnambulizmga duchor bo‘lgan bolalarning 61,5 foizi bunday kasallikka moyil bo‘lib chiqdi.

Hozircha olimlar qaysi gen oyparastlik uchun javob berishini bilmaydi, biroq kasallikning irsiy ekanligi haqidagi ma’lumot ota-onalar uchun zarur va foydali ekanligiga ishonchi komil. Ular muntazam bo‘lmagan uyqu grafigi, to‘yib uxlamaslik, xonada shovqin bo‘lishi kabi bolalarda oyparastlik yuzaga kelishiga turtki bo‘luvchi omillardan farzandlarini himoya qilishga chaqirdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Olimlar qarishga qarshi sinovlarni boshlashadi 10 apr, 21:44
  • Olimlar inson tanasidagi beshta “ortiqcha” a’zoni aniqladi 10 apr, 09:38
  • Olimlar bolani ona suti bilan boqishning yana bir foydali tomonini kashf qilishdi 24 mar, 15:17
  • Saratonga qarshi kurashishning eng oddiy usuli aniqlandi 12 fev, 17:07
  • Olimlar: kasalliklarning 40 foizi asabdan 10 fev, 21:40
  • Xitoyda 16 yil avval muzlatib qo‘yilgan embriondan bola dunyoga keldi 08 fev, 11:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi 20 yanv, 17:45 76
  • Liviyadagi urush: Berlin sammitida nimalarga kelishildi? 20 yanv, 17:17 158
  • Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi 20 yanv, 17:00 153
  • Oston O‘runov "Ufa"ga o‘tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi 20 yanv, 16:43 243
  • Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 yanv, 16:28 313
  • Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketdi 20 yanv, 16:18 408
  • Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi 20 yanv, 15:58 849
  • Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan" 20 yanv, 15:37 396
  • Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi» 20 yanv, 15:35 346
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi 20 yanv, 15:31 448
  • Bo‘limlar