“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:43
ЎЗO‘Z

Olimlar: bug‘doy doni o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolovchi xususiyatiga ega

26 fev, 21:48 18 329 Tibbiyot
Olimlar: bug‘doy doni o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolovchi xususiyatiga ega
Olimlar kun davomida ma’lum miqdorda bug‘doy doni yoki bug‘doy noni - kepak nonini iste’mol qilish insondagi o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolashi mumkinligini aniqlashdi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Butun bug‘doy doni, shuningdek, bug‘doy, jo‘xori, javdar kabi boshqa don mahsulotlarini kuniga 90 gramm miqdorida iste’mol qilib turish, yurak-qon tomir kasalliklari va yurak ishimiyasi(19 foizga), insult(14 foizga), saraton kasalligi (15 foizga), qandli diabet (26 foizga) va nafas olish kasalliklarining (22 foizga ) o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan xavfini kamaytirishda va davolashda yordam beradi.

Buning uchun yuqoridagi kasallik bilan og‘rigan bemorlar kun davomida ikki porsiyadan don mahsulotlarini iste’mol qilib turishi lozim.

Bunda 32 gramm bug‘doy donalari 60 gramm miqdorida bug‘doy uni yoki kepakli non miqdoriga teng bo‘ladi. Kuniga 7,5 porsiya (225 gramm) muntazam ravishda iste’mol qilib turish esa ushbu kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq don mahsulotlarini iste’mol qilish yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkinligini olimlar istisno etmaydi. Donning kasallik va o‘lim xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot ekanligini olimlar o‘z tadqiqotlari davomida 45 ta tahliliy-analiz o‘tkazish orqali aniqlashgan.

Shifokorlar yurak ishimiyasini keltirib chiqaruvchi etti ming holatni o‘rganib chiqib, ikki mingga yaqini –insult, 26 mingga yaqini — yurak-qon tomir kasaliklari, 34 ming-saraton kasalliklari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga amin bo‘lishgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra ushbu kasalliklarga chalingan har 700 mingga yaqin insonning yuz mingga yaqini hayotdan ko‘z yumadi.

Shunday qilib nonushtada olimlar tomonidan bug‘doy donini butun holida yoki non shaklida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shokolad yurak kasalligining oldini olishi aniqlandi 25 may, 08:05
  • Istarali kishilar kam kasal bo‘lishi aniqlandi 06 apr, 10:39
  • Haqiqatan ham yog‘lar zararlimi? Yolg‘onlarni fosh qilamiz 27 mar, 13:04
  • Daraxt kurtaklari nimalarga davo? 17 mar, 01:11
  • Semizlik saratonga olib keluvchi sabablar ichida ikkinchi o‘rinda 03 mar, 14:14
  • Saratonga qarshi kurashishning eng oddiy usuli aniqlandi 12 fev, 17:07
  • So'nggi yangiliklar
  • Kutib oling yangi innovatsion texnologiya: oynasiz samolyotlar (video) 16 noya, 07:30 39
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 130
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 103
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 199
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 430
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 632
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 519
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 388
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 125
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 424
  • Bo‘limlar