“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 18:23
ЎЗO‘Z

Biologlar ona sutining sirini ochishdi

20 apr, 18:37 9 888 Tibbiyot
Biologlar ona sutining sirini ochishdi

Syurix universiteti fiziologiya Instituti biologlari inson ko‘krak suti sut emizuvchilar orasida eng murakkab tarkibga ega ekanini ko‘rsatuvchi maqola chop etishdi. Unda 200dan ortiq turli shakarlar bor. Bu mol suti tarkibidagidan ko‘proq. Tadqiqot Trends in Biochemical Sciences jurnalida chop etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Olimlarning fikricha, sutning tarkibi va uning emizish davri mobaynida o‘zgarib borishi chaqaloqning immun tizimi va shakllanayotgan ichak mikrobiomi – oshqozon-ichak traktida mikroorganizmlarning tarqalishi bilan bog‘liq.

Sut tarkibidagi shakar bolaning qorni to‘yishi uchun emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning organizmi bakteriyalardan xoli bo‘lgani sababli uglevodlar unda ichak mikroorganizmlarini etishtirish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, ona suti patogenlar o‘sishini susaytiruvchi hamda chaqaloq qonida oq qon tanachalarini faollashtirish xususiyatiga ega intijism va molekulalarga boy. Bir oydan so‘ng, bolada orttirilgan immunitet shakllana boshlagach, sut tarkibi o‘zgarib boradi. Ona antijismlari darajasi 90 foizdan ortiq pasayadi. Shuningdek, shakarlar turli-tumanligi kamayadi, biroq bolaning o‘sishini ta’minlovchi yog‘lar va boshqa ozuqaviy moddalar soni ortadi.

Sutning ko‘plab foydali jihatlariga qaramasdan, bolalar ko‘krak sutisiz ham sog‘lom o‘sishi mumkin. Biroq ko‘krak suti bolalar o‘limini kamaytirish va ichak va nafas yo‘llari infeksiyalari xastaliklariga chalinish xavfini pasaytirish xususiyatiga ega.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, million yillar evolyusiyasi mahsuli bo‘lgan ko‘krak suti tarkibi borasida chaqaloqlar uchun eng ma’qul ozuqa hisoblanadi. Lekin ko‘krak suti bilan bolani qaysi davrgacha oziqlantirish to‘g‘ri bo‘lishi hamon noma’lum. Buni har bir ona o‘zi hal qilishi lozim.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Sut mahsulotlari haqiqatan ham husnbuzar toshiradimi? 27 mar, 13:32
  • Olimlar bolani ona suti bilan boqishning yana bir foydali tomonini kashf qilishdi 24 mar, 15:17
  • Semizlik saratonga olib keluvchi sabablar ichida ikkinchi o‘rinda 03 mar, 14:14
  • Bolalar immunitetining 5 dushmani 01 fev, 21:57
  • Baxt gormonini ulashuvchi meva 16 sen, 13:20
  • Rayhonning shifobaxsh xossalari 14 may, 21:54
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi 20 yanv, 17:45 76
  • Liviyadagi urush: Berlin sammitida nimalarga kelishildi? 20 yanv, 17:17 158
  • Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi 20 yanv, 17:00 153
  • Oston O‘runov "Ufa"ga o‘tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi 20 yanv, 16:43 243
  • Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 yanv, 16:28 313
  • Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketdi 20 yanv, 16:18 408
  • Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi 20 yanv, 15:58 849
  • Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan" 20 yanv, 15:37 396
  • Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi» 20 yanv, 15:35 346
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi 20 yanv, 15:31 448
  • Bo‘limlar