“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:54
ЎЗO‘Z

Apple yangi iPhone’larni taqdim qildi (foto, video)

11 sen, 10:26 733 Texnologiya
Apple yangi iPhone’larni taqdim qildi (foto, video)
Foto: Reuters
Apple kompaniyasi Kupertinodagi taqdimotida 3 ta yangi smartfoni – iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ni taqdim qildi.

Yangi iPhone 11 yana bitta kamera – 12 Mpli keng burchakli kamera olgan. U qorong‘i xonada yoki tunda olingan suratlar sifatini oshirishga imkon beruvchi Night Mode rejimi bilan jihozlanadi. Shuningdek, model 2 karra kattalashtiruvchi optik zum oladi.

iPhone 11

Kamera 4K sifatida soniyasiga 60 kadr tezlik bilan video suratga oladi. Old kamera sekinlashtirilgan suratga olish rejimida video yoza oladi.
Shuningdek, smartfon 6,1 dyuymlik Liquid Retina displeyi bilan jihozlanadi va avvalgi model iPhone XR’ga nisbatan bir soat ko‘proq ishlay oladi.

Smartfon 6 ta rangda taklif qilinadi. Uning narxi 699 dollar bo‘ladi.

iPhone 11 Pro

Yangi iPhone 11 Pro esa teleob’ektivli 3 ta kamera bilan jihozlanadi. U 4 ta rangda taklif qilinadi. Bundan tashqari, model 2 versiya – iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ga ega bo‘ladi. Ular bir-biridan ekrani diagonali bilan farqlanadi: mos ravishda 5,8 dyuym va 6,5 dyuym. Shuningdek, model yangi Super Retina XDR ekranini oladi.

iPhone 11 Pro Max

Modellarning barchasi A13 protsessori bilan jihozlanadi. U bir soniyada trilliondan ko‘proq operatsiya bajara oladi.

Bundan tashqari, iPhone 11 Pro iPhone XS qaraganda qayta quvvatlashsiz 4 soat, iPhone 11 Pro Max esa iPhone XS Max’ga qaraganda 5 soat ko‘proq ishlay oladi. Modellarning narxi mos ravishda 999 va 1099 dollardan boshlanadi. Smartfonlar uchun buyurtmalar 20 sentyabrdan boshlab olinadi.

Kompaniya, shuningdek, iPad planshetlarining 7-avlodini taqdim qildi. Yangi model 10,2 dyuymli Retina-displeyini olgan. Ta’kidlanishicha, gadjet avvalgi modeldan 2 marta tezroq ishlaydi. Bundan tashqari, yangi iPad SD-xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Taqdimotda planshet korpusi qayta ishlangan alyuminiydan ishlangani ma’lum qilingan. Gadjet narxi 329 dollardan boshlanadi va 30 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • iPhone X va boshqa Apple smartfonlarining narxlari (2018 yil 14 mart) 15 mar, 14:51
  • iPhone’larning so‘mdagi narxlari (2018 yil 24 fevral) 25 fev, 23:40
  • 12 sentyabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilmoqda 10 sen, 15:15
  • Toshkentdagi «Malika» savdo markazida iPhone narxlari (2017 yil 14 iyul) 16 iyul, 11:36
  • «Malika» savdo markazida iPhone narxlari (2017 yil 20 fevral) 22 fev, 08:30
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar