“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2020, 07:09
ЎЗO‘Z

Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism)

06 dek, 00:13 1 016 Sport
Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism)
Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang sanasi aniq bo‘lganligi munosabati bilan bir qator sportchilarimiz, mutaxassislarimizni ushbu qarama-qarshilik borasida kimning imkoniyati yuqori ekanligi haqidagi fikrlari bilan qiziqib, birinchi qismini e’tiboringizga havola etishga ham ulgurgan edik. Bugun, ushbu so‘rovnomaning ikkinchi qismini taqdim etamiz.

Zarruh Adashev – MMA ( Bellator) jangchisi

- Xabib yutadi. Uning jismoniy holati juda kuchli. Fergyuson “stoyka”da jang qiladiganlar uchun xavfli, Nurmagomedov esa ajoyib greppler. U Tonini qisib, ezib qo‘yadi. Albatta, bu shaxsiy fikrim! Tonini ustunlik jihati yuqorida aytib o‘tganimdek, “stoyka”da, keyin charchamaydi. Kevin Li bilan jang qilganda, Kevin uni qiynalmasdan yiqitgan edi. Lekin charchab qolganligi evaziga yutqazgan. Xabibning jismoniy holati va kardiosi juda kuchli, shuni evaziga Fergyusonni charchatib qo‘yadi. Toni murakkab, kutilmagan, bir so‘z bilan aytganda miyasiga kelgan zarbalarni yo‘llaydi. Lekin Xabib u bilan urishib o‘tirmaydi va o‘z ishini bajaradi. Xullas, Xabibga uning uslubi o‘tmaydi.

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi (Turkiyaning “Strike fighting championship” promousheni yetakchisi)

- Xabib va Toni o‘rtasidagi to‘qnashuv yengil vazn toifasida UFC umuman MMA tarixidagi eng muhim jang bo‘ladi. Har ikkisi ham juda kuchli jangchilar! Bu qarama-qarshilikda imkoniyatlar 60 /40 deb o‘ylayman. Ya’ni, ustunlik Xabibda bo‘ladi. Chunki u “parter”da juda mukammal va raqiblarini juda yaxshi nazorat qila oladi greppling va “ground and pound” hisobiga g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Ya’ni ballar evaziga...Tonida ham imkoniyat bor. Faqatgina Xabibning yuzida jarohat yuzaga kelsagina g‘alaba qozonish imkoniyati oshadi. Chunki Nurmagomedov shu paytgacha yuzidan jarohat olmagan. Shunday holat kuzatilsa, shoshilish va hayajon yanada ko‘payib, xato qilib qo‘yish ehtimoli katta. Agar kim g‘alaba qozonadi desangiz, Xabib Nurmagamedov deb javob beraman.

Lilya Shakirova – MMA jangchisi(GFC chempioni)

- Har ikkisi kuchli jangchilar. Ularning qay biri g‘alaba qozonishini avvaldan aytib bo‘lmaydi. Barchaga ma’lum “stoyka”da Fergyuson kuchli, “parter”da esa Xabib. Qisqasi kim g‘alaba qozonishini oktagon hal qiladi.

Jasur Boyqo‘ziyev – taekvondochi ( WTF Osiyo chempionati va o‘yinlari chempioni, JCh sovrindori)

- Ikkalasi uchun ham oson jang bo‘lmaydi. Lekin Xabibda imkoniyat yuqori degan fikrdaman. Unga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishiga umid qilaman!

Azamat Murodov – sport jurnalisti

- Agar bu savolni menga jang tashkil qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar vaqtida berganingizda ikkilanmasdan Toni Fergyusonni favorit sifatida ko‘rsatgan bo‘lardim. Men 3-4 yil oldingi vaqtni nazarda tutyapman. Ammo, biz ikkala sportchi ham eng yuqori sport formasida bo‘lgan o‘sha davrda bu jangni ko‘ra olmadik, afsuski. 2020 yilda beshinchi urinishda tashkil etilishi kutilayotgan jangda esa oldindan biror narsa deyish qiyin. Birinchidan bu vaqtga kelib Fergyuson 36 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Albatta, ba’zi sportchilar uchun bu yosh unchalik katta bo‘lmasligi mumkin. Ammo baribir 36 yosh bu hech bo‘lmaganda 30-32 yosh ham emasligini unutmasligimiz lozim.

Bejizga Fergyuson ushbu jangdan so‘ng faoliyatini tugatishi haqida gapirmayapti. Chunki u o‘z organizmini yaxshi biladi va to‘xtash vaqti kelayotganini tushunib turibdi. Bu degani biz bu jangda eng kuchli Fergyusonni ko‘rmasligimiz mumkin.

Yuqorida sanagan omillarim bu Xabibning ustunlik tomoni. U raqibga nisbatan yoshroq. Tonining ustun jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ham "stoyka"da ham “parter” holatida yaxshi ishlay oladi. Xabib bir necha janglarda tik turgan holda jang qilishga urinib, sal qolsa qiyin ahvolga tushib qolay deganini ko‘rdik. Dastin Porega qarshi so‘nggi jang ham bunga misol. Shundan so‘ng u kurashga o‘tdi va g‘alaba qozondi. Ammo bu safargi raqib Poredan farqli ravishda kurash tushishni ham biladi. "Stoyka"da esa Habibdan ancha kuchli. Ancha...

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Toni shu kuni jismoniy holati ideal holatda bo‘lsa va so‘nggi jangiga munosib tayyorlana olsa, g‘alaba qozonishi mumkin, aks holda Xabib mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirishi katta ehtimol. Shunisi aniqki, hozircha bu vazn toifasida bir-biriga munosib ikki raqib aynan shular. Habibni yutish mumkin bo‘lsa, faqat Toni buni uddalashi mumkin. Agar u ham uddalay olmasa, menimcha yaqin yillarda Xabibga teng keladigani topilmasa kerak.

Muhammadsalim Sotvoldiyev – professional bokschi (O‘zbekiston chempionlik kamari sohibi)

- Shubhasiz, dindoshimiz bo‘lgan Xabib Nurmagomedovga muxlislik qilaman va uning yutishiga ishonaman. O‘ylaymanki, 18 aprel kuni dog‘istonlik jangchining qo‘li barcha ishqibozlarini xursand qilgan holda, baland ko‘tariladi. Omad Xabib!

Abdulaziz Najmiddinov – professional bokschi

- Xabibda imkoniyat yuqori. U albatta g‘alaba qozonadi. Lekin juda shiddatli jang bo‘ladi degan fikrdaman. Fergyuson ham oddiy raqib emas. U jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, Nurmagomedov uni mag‘lub etishga qodir.

Ahmadbek Eshmatov

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson oʻrtasidagi jang sanasi maʼlum boʻldi 26 noya, 15:10
  • UFC prezidenti Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini ma'lum qildi 08 sen, 12:55
  • Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi 06 okt, 14:15
  • Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma’lum qilindi 17 iyun, 14:57
  • Fergyuson-Nurmagomedov jangi g‘olibi Makgregorning kamarini qo‘lga kiritadi 20 yanv, 11:21
  • So'nggi yangiliklar
  • “Shahr Xodro”ning yagona legioneri "Paxtakor"ga uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 19 fev, 06:31 88
  • Xorij matbuoti: Yana bir muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘zbek futbolini kelajakda nima kutmoqda? 19 fev, 06:00 176
  • Xitoy nima uchun millionlab uyg‘urlarni qamoq lagerlariga tashlayapti? 19 fev, 00:15 1 192
  • FHDYOlar Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tadi 18 fev, 23:57 266
  • Tramp savdo-sotiqda «milliy xavfsizlik»ni bahona qilmaslikka chaqirdi 18 fev, 23:40 244
  • Dabdabali to‘y egalari jazolanadi, transport vazirligi va IIV kortejlarni nazorat qiladi 18 fev, 23:21 666
  • Ronaldu sevgilisi Jorjinaga har oy qancha pul beradi? 18 fev, 23:05 987
  • AQSHda kaptar va chixuaxua do‘stlashib oldi (Hamma ko‘rishi shart emas) 18 fev, 22:50 596
  • O‘n to‘rt kunlik tahlika ortda qoldi 18 fev, 22:30 546
  • Kabob yegisi kelgan kelin va jahldor qaynota... 18 fev, 22:10 1 340
  • Bo‘limlar