“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 18:20
ЎЗO‘Z

Mirko Yelichich: “Ayrim futbolchilar mavsum davomida dam olishmagan”

18 noya, 19:03 621 Sport
Mirko Yelichich: “Ayrim futbolchilar mavsum davomida dam olishmagan”
Ertaga "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan O‘zbekiston va Falastin uchrashuvidan oldin, futbolchilarning jismoniy holati borasidagi savollarga javob izlash maqsadida murabbiy Mirko Yelichiga yuzlandik.
- Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarni jismonan hamda ruhan tiklash va navbatdagi bahsga tayyorlash jarayoni qiyin bo‘lmadimi?
- Hammasi yaxshi. Keyingi o‘yinga vaqt kamligi bois, asosan futbolchilarni kayfiyatini ko‘tarishga e’tibor berdik. Shuningdek, avvalgi o‘yindagi yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishladik. Raqibni ham o‘rgandik, ularga qarshi qanday o‘ynash kerakligini aytdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rib chiqdik. Endi nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz.

- Falastinning Yamanga qarshi o‘yinini ko‘rib, kuzatilgani aniq. Raqib haqida yana nima deya olasiz?
- Raqibimiz o‘yinni yaxshi tashkil qila oladi. Jamoaviy o‘yin maromida yo‘lga qo‘yilgan. Garchi, yutqazishgan bo‘lsada pozitiv kayfiyatda kelishdi deb o‘ylayman. Kurashuvchanlik va yuqori kuch evaziga to‘p tepishadi.

- Biz ham, raqib ham oldingi turda mag‘lubiyatga uchradi. Demak, ular boshqacha tayyorgarlik bilan maydonga tushishadi...
- Ha. Dastlabki daqiqalarda ular tartibli futbol o‘ynashlari mumkin. O‘yinga va maydonga moslashib olishgach biroz oldinga o‘tishadi va ochilishadi. Bor gap shu.

- Futbolchilar o‘yinga jismonan shay holatdami? Aksariyat o‘yinchilar bu yil juda ko‘p uchrashuv o‘tkazishdi va ko‘p kuch sarflashdi...
- To‘g‘ri, ustiga-ustak mavsum yakuni ekanligini inobatga olish darkor. Ayrim yigitlar mavsum bo‘yi dam olishmadi. Buni ham bir fakt sifatida qabul qilsa bo‘ladi. Ammo, savolingizga aniq javob bera olmayman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Manba: championat.asia

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?" 15 noya, 18:16
  • Erve Renar: "Ob-havo bizga muammo tug‘dirishi mumkin, ammo..." 13 noya, 17:50
  • Xorxe Fossati: “Oʻz taktikamni oshkor qilmayman” 12 mar, 09:00
  • Shota Arveladze: “Sidiqovning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz” 11 mar, 23:20
  • Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz 18 fev, 23:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi 20 yanv, 17:45 76
  • Liviyadagi urush: Berlin sammitida nimalarga kelishildi? 20 yanv, 17:17 158
  • Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi 20 yanv, 17:00 153
  • Oston O‘runov "Ufa"ga o‘tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi 20 yanv, 16:43 243
  • Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 yanv, 16:28 313
  • Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketdi 20 yanv, 16:18 408
  • Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi 20 yanv, 15:58 849
  • Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan" 20 yanv, 15:37 396
  • Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi» 20 yanv, 15:35 346
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi 20 yanv, 15:31 448
  • Bo‘limlar