“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2019, 09:15
ЎЗO‘Z

Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar

13 noya, 23:55 815 Sport
Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi muhim bellashuvlar kutib turibdi. Albatta, ikkala bahsning Toshkentda o‘tkazilishi bizning foydamizga ishlashi aniq. Ammo shu bilan birga guruhdagi ikkita asosiy raqiblarning 14 noyabr kuni o‘zaro to‘qnash kelishi barchaning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Albatta, Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. 9 noyabr kuni esa Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Boshida ushbu bellashuvning yopiq tarzda o‘tishi haqida bosh murabbiyimiz aytgandi. Ammo keyinchalik muxlislarning noroziligi sababli murabbiy o‘yinning TVda ko‘rsatilishiga qarshi emasligini ma’lum qildi. Kutilganidek, murabbiy tarkibga chaqirgan ko‘plab nomzod o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazib oldi. Taniqli mutaxassislarimizdan biri Islom Ahmedov bilan bog‘lanib, uning terma jamoamiz haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

«Hamma o‘z ishi bilan shug‘ullangani yaxshi»
- Har bir tayyorgarlikdan va o‘yindan ko‘zlangan qandaydir maqsad bo‘ladi, to‘g‘rimi? Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvdan avval bu o‘yinni televideniyada olib ko‘rsatilmasligi haqida aytildi. Bosh murabbiy nima uchun bu o‘yinni TVda ko‘rsatilishini xohlamadi? Buning sababi nimada edi? Hozirgi paytda barcha terma jamoalarda malakali tahlilchilar guruhi ish olib bormoqda. Ular raqib o‘yinlarini ko‘rib sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishadi va shunga qarab kamchilik tomonlarini o‘zlashtirishadi. Bizning terma jamoamizda ham shunaqa tahlilchilar guruhi bor.
Albatta, biz ham Saudiya Arabistonini o‘rganib chiqyapmiz. Shunga qarab, murabbiylarning taktik tomondan o‘ylab qo‘ygan rejalari bo‘ladi. Lekin buni faqat o‘yinlar orqali qo‘llaydi va o‘rganadi. Qirg‘iziston bilan o‘yin esa aynan murabbiyning o‘ylab qo‘ygan taktik rejalarini amalda qo‘llab olish uchun ham kerak edi. Ya’ni, Saudiya va Falastinga qarshi bahslar oldidan yangi o‘ylangan taktik rejalarni Qirg‘iziston bilan uchrashuvda ko‘rib olishni istagandi. Shu bois boshida bosh murabbiy o‘rtoqlik uchrashuvini yopiq tarzda o‘tishini aytgandi.

Lekin muxlislar bundan norozi bo‘lib har xil gaplarni yozishdi. Vaholanki, biz uchun Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi o‘yinlar katta ahamiyatga ega edi. Qirg‘izlar ham biz bilan o‘yinda iloji boricha hech narsasini ko‘rsatishga harakat qilmadi. Biznikilar ham shunday. Albatta, muxlislarimizni hurmat qilaman. Ammo ular ham vaziyatni tushunishlari kerak edi. Hamma o‘z ishi bilan shug‘ullangani yaxshi. Murabbiyga qo‘yib berishimiz kerak. Qirg‘iziston bilan asosiy uchrashuv emasdi.

Vaholanki, biz uchun muhim o‘yinlar 14 va 19 noyabrlarda bo‘ladi. Ishqibozlar esa Qirg‘iziston bilan o‘yinni ko‘ramiz deb internetda tinmay yozishdi. Xo‘sh, ko‘rishdi, endi-chi?! O‘sha uchrashuvda murabbiyimiz o‘ylagan rejalarini amalga oshirishga qiynaldi. U shunaqa tarkib va boshqacha o‘yin sxemasini qo‘lladi.
Vaholanki, Saudiya bilan Falastin bizning rejalarimizni bilmasliklari kerak edi. Hamma bu o‘yinni ko‘rib tursa, qanaqa rejani ko‘rsatish mumkin? Saudiya kuchli raqib. Falastin ham himoyada yaxshi o‘ynaydi. Murabbiy esa bo‘lajak bahslarga jiddiy yondashgan holda alohida rejalar ishlab chiqayotgandi. Shuning uchun ham Vadim Abramov bizga yopiq o‘yin kerak degandi. Shu bois muxlislar ham internetda yaxshilab fikrlab yozishsin.

«Saudiyaning bizga qarshi qanday taktika qo‘llashini hech kim bilmaydi»
- Saudiya Arabistonida kim ishlashidan qat’iy nazar doimo hujumkor va chiroyli o‘yin ko‘rsatib kelgan. Ularga yaqinda yangi murabbiy keldi. Rasmiy bahslarda esa ochkolarni yo‘qotishni boshlashdi. Yangi murabbiy – bu yangi talab degani. Saudiya Arabistoni futboli Yevropa uslubiga mos kelmaydi. Ular boshqacha futbolga o‘rganishgan. Yangi kelgan murabbiy esa terma jamoaga o‘zining fikrlari va falsafasini kiritishga harakat qilyapti. Lekin ularga yaxshi murabbiy kelgan.
Albatta, Saudiya ham biz bilan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularning bizga qarshi qanday taktika qo‘llashlarini hech kim bilmaydi. Lekin bizning o‘yinimizni hamma ko‘rib turibdi. Falastinga kelsak, ularni birinchi o‘yinda ko‘rdik. Tartibli, himoyaviy va hujumkor futbol ko‘rsatishyapti. Falastinda hamma jihatlar bor. Ularda yulduz futbolchilar yo‘q. Lekin 90 daqiqa davomida bitta yo‘nalish bo‘yicha harakat qiladigan jamoa bor.
Murabbiylarimiz bo‘lajak raqiblarni o‘rganayotgan bo‘lishlari aniq. Vadim Abramov Saudiya bilan Falastin bizning o‘yin uslubimizni tushunmasin, bilmasin degan maqsadda edi. Ammo muxlislarning qistovi bilan Qirg‘iziston bilan uchrashuv televizorda ko‘rsatildi. Shu bois yuqorida aytganimdek, bunday vaziyatlarni ishqibozlarimiz ham to‘g‘ri tushunishsa yaxshi bo‘lardi. Murabbiyni o‘zlari tanlashdimi, endi uni oxirigacha qo‘llab-quvvatlash kerak.

«Professional yo‘nalish bo‘yicha ko‘p ishlashimiz kerak»
- Terma jamoa umuman boshqacha. Chinakam saviyani ko‘rsatish uchun buning zamirida katta ish va mehnat talab qilinyapti. Vadim Karlenovichga hozir oson emas. Unga o‘ziga yarasha qiyin. Afsuski, hozirgi paytda jamoamiz taktik tomondan kerakli darajada emas. Chempionatimizni qarang, qachon 1-o‘rin bilan 2-o‘rin o‘rtasida bunchalik katta farqni ko‘rgansiz? «Paxtakor»ga qoyil, chempion bo‘ldi, katta farq bilan. Ammo boshqa jamoalar qayerda?
Ko‘rib turibsiz, tarkibimizdagi ko‘plab futbolchilar mahalliy chempionatimizdan chaqirilyapti. Bizda himoyada to‘psiz o‘ynash borasida ham kamchiliklarimiz bor. Hujum qilishni istagan jamoa esa avvalo himoyada yaxshi o‘ynashi kerak. Shu bois aytmoqchimanki, hali professional yo‘nalish bo‘yicha ko‘p ish olib borish kerak. Hozir mo‘’jizani kutmaslik kerak. Mo‘’jizaning zamirida professional yo‘nalishda katta mehnat qilishdek mas’uliyat yotibdi. Biz hozir asosan shunchaki o‘yinni, kim yutganligini, kimlar gol urganligini ko‘ryapmiz.

«Kimni chaqirish yo chaqirmaslikni bosh murabbiy yaxshi biladi»
Bosh murabbiyning odamlari bor. Ular kimning qanday o‘ynayotganini ko‘rib turishibdi. Har bir murabbiy o‘yin kuni tayyor bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushiradi. Quruq familiya esa hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Xullas, futbolchilar borasidagi barcha savollar faqat bosh murabbiyga. U kimni chaqirishni va chaqirmaslikni yaxshi biladi.
Shuhratbek Jo‘rayev

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga yana Lutfulla To‘rayevni chaqirdi 27 okt, 10:50
  • Milliy terma jamoamiz noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 21 okt, 15:35
  • O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 okt, 09:43
  • O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishadi 04 okt, 19:02
  • O‘zbekiston MTJ noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 23 okt, 15:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyoning mitti milliarder va millionerlari (foto) 06 dek, 08:30 109
  • Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi 06 dek, 08:00 147
  • Dunyoning eng qimmat limuzinlari... 06 dek, 07:30 257
  • Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism) 06 dek, 07:01 390
  • Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 06 dek, 06:30 314
  • Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi? 06 dek, 06:00 340
  • Messi o’zining oltinchi "Oltin to’p"ini qachon namoyish qilishi ma'lum bo’ldi 06 dek, 03:08 222
  • Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism) 06 dek, 00:13 402
  • Xabib Nurmagomedovning eng muhim shiori qanday ekanligini bilasizmi? 05 dek, 23:57 387
  • Buqoq kasalligining alomatlaridan boxabarmisiz? 05 dek, 23:38 416
  • Bo‘limlar