“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 15:41
ЎЗO‘Z

Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi

17 okt, 22:53 541 Sport
Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov Singapurga qarshi JCh-2022 saralash bahsidan so‘ng Ignatiy Nesterovni Manuel Noyerga tenglashtirdi.
- O‘zbekiston - Singapur o‘rtasidagi uchrashuv haqida qaynday fikrdasiz?
- Vaziyatlar bo‘yicha tahlil qilsak, ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda bunchalik qiynalmagan bo‘lardik. Lekin futbol shunisi bilan qiziq. Hayajon, havotir kabi tuyg‘ular futbolni yanada chiroyli ko‘rsatadi. Singapur bizga qarshi yaxshi tayyorlangani ko‘rinib turdi.

- Darvozabonsiz. Bu uchrashuvda urilgan to‘rtta gollarda posbonlarning aybi bormidi?
- O‘tkazilgan gollarda posbonlarning aybi minimal deb o‘ylayman. Tinimsiz hujumlardan oqibatida baribir gol qo‘yib yuborasiz. Terma jamoamiz hujumda juda yaxshi harakat qildi. Eldor Shomurodov bosh bilan zarba berishi va birga-birdan gol urishi darvozabonning aybi emas. Odil Ahmedov ijrosidagi jarima zarbasiga keladigan bo‘lsak, kiper pozitsiya tanlashda adashdi. U yaqin burchakni yopishga urinib, o‘sha tomonga harakatlandi va Ahmedovning ayyorona zarbasini qaytara olmadi. Eldor haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bitta vaziyatda u jamoani muqarrar goldan qutqarib qoldi.
To‘p Suyunovga va ustunga tegib, maydonni tark etdi. Darvozabonning darajasi shu yerda bilinadi. Ko‘p vaziyat bo‘lmaydi, ammo posbon muhim pallalarda muvaffaqiyatli o‘ynasa boshqa futbolchilar ishonch bilan, qo‘rqmasdan harakat qilishadi. Agar Eldor o‘sha vaziyatda gol qo‘yib yuborganda, bahs umuman boshqacha hisobda yakunlanishi mumkin edi. Golga keladigan bo‘lsak, bosh bilan zarba bo‘layotganda to‘p qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Suyunov imkoni boricha harakat qildi, biroz qo‘li yetmadi. Gollarda posbonlarning katta xatosi yo‘q deb o‘ylayman.

- So‘nggi savol. Ayni damda dunyoning eng kuchli darvozaboni kim?
- Menimcha (o‘ylanib)... Futbolda yaxshi posbonlar ko‘p va men o‘zimga yoqadiganini aytmoqchiman. Men Mark-Andre ter Shtegenning o‘yinlarini qiziqib tomosha qilaman. Kasilyas ham yoqardi, biroq u faoliyatini yakunladi.

- Ter Shtegen deganingizga yana bir savol berishga qaror qildim. Matbuotni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz ter Shtegen va Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi asosiy tarkibi borasida biroz tortishib qolishdi. Esingizda bo‘lsa, JCh-2018gacha Manuel Noyer jarohatda edi, biroq bosh murabbiy butun mavsum yaxshi o‘ynagan "Barselona" darvozabonini emas, Noyerni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.
- Lyov juda tajribali murabbiy. Noyer esa jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Germaniyada Noyer tirik afsona bo‘lsa, bizda Ignatiy Nesterov. Nesterov formaga qaytishi va yana terma jamoaga chaqirilishi uchun 2-3ta o‘yin yetarli. Ter Shtegen noto‘g‘ri ish qilgan. Posbon "men asosiy darvozabon bo‘lishim kerak" demasligi lozim. Chunki hammasini bosh murabbiy hal qiladi. Ter Shtegenni Noyerdan kuchli deya olmayman. Manuelda kamdan-kam posbonlarda bo‘ladigan qobiliyat bor. Uning reaksiyasi kuchli, egiluvchanligi yaxshi, oyoqda va qo‘lda ajoyib harakat qiladi. Har taraflama kuchli. Lyov Noyerga ishonch bildirdi. "Bavariya" posboni esa uning ishonchini oqladi.

- Lyov va Noyerga bog‘liq savol. Murabbiylarning sevimli futbolchisi bo‘ladimi?
- Germaniyada bunday bo‘lmasa kerak. Kim zo‘r bo‘lsa o‘sha o‘ynaydi. Masalan, ikki darvozabon har taraflama kuchli. Biroq tanlashga kelganda murabbiy mayda detallarga ham e’tibor beradi. Agar ularning biri futbolchilarga aytib turishda biroz ustun bo‘lsa, murabbiylar o‘shani maydonga tushiradi. Menimcha, futbolda "sevimli o‘yinchi" degan narsa yo‘q.

Manba: Championat.asia

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42
  • Vadim Abramov Yaxshiboyev, Hamrobekov, O‘runov va Ahmadaliyevning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi 08 okt, 00:02
  • MTJga "Paxtakor"dan kimlar chaqirilgani ma’lum bo‘ldi 28 sen, 15:38
  • O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga yo‘l oldi 03 sen, 18:21
  • "Paxtakor" "Nasaf"ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto) 09 yanv, 08:59
  • So'nggi yangiliklar
  • Farey kitlar ovi marosimi haqida eshitganmisiz? 13 noya, 15:06 37
  • Dunyodagi eng hashamatli uylarning TOP-5 ligi (foto) 13 noya, 14:40 231
  • Rossiya harbiy politsiyasi Suriyada patrul xizmatini davom ettirmoqda 13 noya, 14:18 134
  • Dunyoga mashhur bo‘lgan eng yoqimtoy egizaklar kim ekanligiga qiziqyapsizmi? 13 noya, 13:54 326
  • Bugun Toshkentda turizm brendi elchilari uchrashadi 13 noya, 13:30 93
  • Tramp Erdo‘g‘anga 100 mlrd dollarlik bitim taklif qildi 13 noya, 13:04 431
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi 13 noya, 12:41 284
  • Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 13 noya, 12:16 192
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52 1 103
  • “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi 13 noya, 11:29 178
  • Bo‘limlar