“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida

10 okt, 14:53 321 Sport
O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida
Kuni kecha yana bir xalqaro turnirga start berildi. Angliyaning Men orolida, dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari qatnashishmoqda. Jumladan, amaldagi jahon chempioni Karlsen Magnus (Norvegiya), vitse-chempion Vishvvanatan Anand (Hindiston), Karuana Fabiano(AQSh), Sergey Karyakin (Rossiya) va boshqalar. Ushbu shaxmatchilar shveysarcha sistemada tarixdagi juda kuchli shaxmatchilar hisoblanishadi.

Mukofot jamg‘armasi 433.000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov va Abdusattarov Nodirbeklar himoya qilishmoqda. Rustam Qosimjonov 2657 reyting ochkolari bilan Abdusattarov Nodirbek esa 2608 reyting ochkolari bilan musobaqaga yetib borishgan. 22 oktyabr kuni yakuniga yetadigan Grand Swiss turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchiga 70.000 AQSh dollarini, ikkinchi o‘ringa 50.000 AQSh dollari, uchinchi o‘rin sohibiga esa 40.000 AQSh dollar mukofot puli berish rejalashtirilgan.

Kuchli o‘ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSh dollari beriladi.
Bundan tashqari, turnir g‘olibi pul mukofotidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionligi uchun kurashish mumkin bo‘lgan musobaqaga avtomatik yo‘llanmani qo‘lga ham kiritadi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, umumiy hisobda 42 davlatdan tashrif buyurgan ushbu nufuzli turnirda 154 nafar shaxmatchilardan 134 tasi xalqaro grossmeysterlar, 17 nafari esa xalqaro sport ustalari.
Hamyurtlarimizga omadlar tilab qolamiz.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Nodirbek Abdusattorov “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashadi 08 avg, 21:01
  • O‘zbekiston shaxmatchilari Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda bormoqda 25 fev, 23:02
  • Rossiyalik shaxmatchi Karyakin jahon chempioni bo‘ldi 31 dek, 01:45
  • Bosh sovrin va 20 000 $ Ozarbayjonga ketadi, Qosimjonov esa... 22 okt, 00:47
  • Rustam Qosimjonov Gruziyadagi FIDE Gran-Prisida yana bir bor durang qayd etd 24 fev, 19:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar