“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:18
ЎЗO‘Z

Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz

09 okt, 17:25 922 Sport
Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz
Ertaga JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Ertangi bellashuv juda muhim. O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz xuddi avvalgi 2 ta turdagi kabi.
Hozirgi kunda tarkibimiz aralash. Yoshlar ham, kattalar ham bor. Ertaga siz aralash tarkibni ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston terma jamoa hali ham Osiyoning yetakchi jamoasi. To‘g‘ri, oxirgi paytda natijasi pasaygan bo‘lishi mumkin. Lekin biz uchun O‘zbekiston hali ham yetakchi jamoa.

Ertangi uchrashuvda 2 jamoaning imkoniyati bir xil. Guruhimizda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni favorit. Lekin bizning imkoniyatimiz ham yomon emas. Uyda 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Shularda g‘alaba qozonib imkoniyatimizni yaxshilashga urinamiz.

Siyosiy nizo sabab biz Saudiya Arabistonida o‘yinlar o‘tkazyapmiz. U yerda biz o‘zimizni xuddi o‘z uyinizdek his qilyapmiz.

O‘zbekistonda bir necha kuchli futbolchilar bor. Texnik va taktik jihatdan kuchli. Eldor Shomurodov ancha kuchli. Biz ertangi uchrashuvda unga qarshi taktik choralar ko‘rishga harakat qilamiz va unga alohida reja tuzamiz, - dedi murabbiy.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • JCh-2022 saralash. Yaman – Saudiya Arabistoni bahsida jangovar durang qayd etildi 10 sen, 23:12
  • «Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish» — Falastinga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi 04 sen, 18:18
  • JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi? 17 iyul, 16:30
  • Qatar terma jamoasi ustozi Oʻzbekistonga qarshi oʻyin oldidan nima haqida gapirishni istamadi? 16 okt, 08:30
  • Ayman Hakim: Ertangi bahs biz uchun katta sinov bo‘ladi 31 avg, 15:04
  • So'nggi yangiliklar
  • Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq? 15 okt, 19:06 5
  • Targ‘ibot o‘z samarasini berdi 15 okt, 18:53 115
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 144
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 226
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 404
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 209
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 180
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 543
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 363
  • 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 15 okt, 16:35 296
  • Bo‘limlar