“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:51
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov: "Tanlash kerak bo‘lsa, MYuga o‘tmasdan Bundesligaga borardim"

08 okt, 00:26 1 391 Sport
Eldor Shomurodov: "Tanlash kerak bo‘lsa, MYuga o‘tmasdan Bundesligaga borardim"
Foto: championat.asia
O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Bundesliga klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida manbalarimiz xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga bugun yetib kelgan Eldor Shomurodov saytimizga intervyu berdi va qator savollarga javob izlashga urinib ko‘rdik.

Xususan "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov unga bo‘layotgan qiziqish va takliflar haqidagi savolga ham javob berdi.
"Ochig‘i, Germaniyaning Bundesliga jamoasidan qiziqish bo‘layotgani haqida eshitdim. Aynan qaysi klub ekanligini bilmayman.

Ayni paytda barcha diqqat e’tiborim faqat va faqat "Rostov"ga qaratilgan. Chempionat yakuniga qadar boshqa taklif yoki qiziqishlarga chalg‘imoqchi emasman.

"Shalke" yoki "Manchester Yunayted"? To‘g‘risi, tanlash kerak bo‘lsa, MYuga o‘tmasdan Bundesligaga borardim. Chunki hali o‘zimni katta jamoa darajasiga chiqdim, deya o‘ylamayman. Bunday jamoaga tayyor holatda o‘tish lozim. Yuqori saviyaga chiqish uchun vaqt talab etiladi. "Manchester Yunayted" ham yaxshi. Lekin Bundesligada o‘ynashni afzal ko‘rardim", - dedi Shomurodov.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Eldor Shomurodovni 4 ta dahshatli o‘yin kutib turibdi 04 okt, 20:55
  • Eldor Shomurodov "Rostov" bilan shartnomasini uzaytirdi 27 may, 23:42
  • Eldor Shomurodovga Yevropa klublaridan takliflar bor 30 yanv, 18:30
  • Eldor Shomurodov "Rostov" o‘yinchisi sifatida tanishtirildi 17 iyul, 07:45
  • Hujumchi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining qaysi klubida to‘p surishi oydinlashdi 08 iyul, 08:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar