“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 22:35
ЎЗO‘Z

Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas"

20 sen, 23:30 537 Sport
Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas"
"Dinamo"-"Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, savollarga javob qaytardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Albatta, natija meni quvontirdi. Juda muhim uchrashuvda g‘olib bo‘ldik. "Olti ochkolik" o‘yinligini bilib turganimiz uchun uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib hujumga zo‘r berishi ma’lum edi. Shu sababli, shogirllarimga himoyada bexato o‘ynashlarini, tezlik bilan qarshi hujumga o‘tishlarini uqtirdim. Raqibning xatomizdan foydalanib sodir etgan bir-ikki hujumlarini hisobga olmaganda, shogirdlarim barcha ko‘rsatmalarimni aniq bajarishdi. Yigitlarga minatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, doim bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydigan muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan alohida tabriklayman!

- Ketma-ket yetti mag‘lubiyatdan keyin "Dinamo" jamoasidan nima kutayotgandingiz?
- Raqibning asabiylashib turgani aniq. Sababi, birinchi davrada yorqin o‘yin namoyish etgan jamoaning hozirgi kunda ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani yoqimsiz albatta. Bugun ular o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq oldinga o‘tishini hisobga olgandik va kutgandik. O‘yindagi asosiy maqsadimiz himoyada bexato o‘ynash va qarshi hujumga o‘tish edi.

- Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldimi?
- O‘yinni teng bo‘ldi deb aytish mumkin. Sababi, gol kiritganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratdik. Raqib ham gol o‘tkazib yuborganidan keyin vaziyatlar yaratdi. Imkoniyatdan foydalanish bobida ustunlik qildik. Qaytarib aytaman, asosiy maqsadimiz himoyamizda xato qilmaslik va raqibni xato qilishga majburlash edi. Bunday o‘yinlarda uchrashuv taqdirini 1-2 ta vaziyatlar hal qiladi. Kam xato qilgan jamoa yutadi. Bularning barchasini udallay oldik.

- "Andijon" xavfli zonani tark etdi deb aytish mumkinmi?
- Aslo, yo‘q! Avvalo, bizda Pro ligaga ravona bo‘lish haqida o‘y yo‘q. Bu haqda o‘ylamayapmiz ham. To‘g‘ri, turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda turdan turga. Qolaversa, o‘yin tashkil qilishda bizda muammolar bo‘ldi. Lekin Superligadan tushib ketmasmikinmiz degan fikr yo‘q jamoada.

- Superligada qolishga kurashayotgan "Buxoro" va "Dinamo" jamoalarining qaysi birida vaziyat og‘ir deb hisoblaysiz?
- Fikrimcha, "Dinamo"ning taqvimi qiyinga o‘xshayapti.

- O‘zingizni" Dinamo" uchun noqulay murabbiy deb hisoblaysizmi? "Mash’al" bilan ham, "Andijon" bilan ham doim yutib ketasiz.
- Men bunday statistikalarga qiziqmayman. Men bu haqda o‘ylamayman ham.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi 02 iyun, 18:30
  • Yazguli Xojageldiyev: "O‘zbekiston terma jamoasini faqat tabriklashim mumkin" 13 yanv, 23:26
  • Ravshan Haydarov: "Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik" 12 yanv, 22:30
  • Aleksandr Xomyakov: Ochkolarni kuzda sanaymiz 20 avg, 22:07
  • Oleg Tyulkin: «Dinamo»ning maqsadi finalga chiqish 01 avg, 22:52
  • So'nggi yangiliklar
  • Litsenziyavozlik. Nega ijod nazorat qilinishi kerak? 16 okt, 22:00 121
  • Jamg‘armasini dollarda saqlaganlar 3 oyda qariyb 2 marta ko‘paytirib olishdi 16 okt, 21:37 247
  • «Mirror»: Yer sayyorasi yangi bir xavfdan qutulib qoldi 16 okt, 21:12 361
  • Aleksandr Yemelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin 16 okt, 20:50 262
  • Qozog‘istonda hojatxonada qizlarni yashirincha poylagan o‘zbekistonlik ushlandi (foto) 16 okt, 20:25 1 033
  • Misrlik arxeologlar Luksor shahri yaqinidan 20 ta eski sarkofag topishdi (foto) 16 okt, 20:00 425
  • Buyraklarni nima ishdan chiqaradi? 16 okt, 19:36 979
  • Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda 16 okt, 19:11 848
  • Moldova bog‘lari uchun O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilinmoqda. Oylik 1000 $gacha 16 okt, 18:45 1 163
  • Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda? 16 okt, 18:20 1 292
  • Bo‘limlar