“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 12:44
ЎЗO‘Z

Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi, Assakalov bronza uchun kurashadi

15 sen, 20:43 475 Sport
Nur-Sultonda ilk medal. Aram Vardanyan kumush bilan kifoyalandi, Assakalov bronza uchun kurashadi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rim kurashi bo‘yicha -72 kilogramm vazn toifasida finalga chiqqan o‘zbekistonlik Aram Vardanyan hal qiluvchi bahsda rossiyalik Abuyazid Mansigovga 0:9 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk medali bo‘ldi.

Saralashda Aram Vardanyan avvaliga Ruslan Ahamalyiyeni (Belarus) 9:1, 1/8 finalda Hu Jung Jangni (Xitoy) 8:0 hisobida yengandi. Chorak finalda u germaniyalik Feliks Vidmayerdan, yarim finalda esa bolgariyalik Aik Mnatsanyandan ustun kelgandi.

14 sentyabr kungi bahslarda -82 kg vazn toifasida yarim finalga yetib borib, gruziyalik Lasha Gobadzaga yutqazib qo‘ygach, bugun bronza medal uchun gilamga chiqqan Nurbek Hoshimbekov xitoylik Xaitao Sian bilan kurashib, mag‘lub bo‘ldi (tushe) va medalsiz qoldi.

Bugun bo‘lib o‘tgan bahslarda -87 kg vaznda ishtirok etgan Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Qoidaga ko‘ra, so‘nggi ball ustunligi bilan g‘alaba vengriyalik kurashchiga taqdim etildi.

Endi Assakalov ertaga bronza medali uchun kurashadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aram Vardanyan jahon chempionati finalchisi 14 sen, 18:51
  • Ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh yarim finaliga chiqdi 14 sen, 16:43
  • Samboda oltin va kumush. Oʻzbekiston umumiy reytingda beshinchi oʻrinni naqd qildi 01 sen, 20:57
  • Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi 05 mar, 20:10
  • O‘zbekiston o‘smirlari kurash bo‘yicha JChda ikki medalni qo‘lga kiritdi 19 sen, 22:38
  • So'nggi yangiliklar
  • Yangi ixtiro qilingan "Qoobo" terapiya robotining afzalligi 20 noya, 12:23 41
  • ​Eng xavfli allergik reaksiyalar 20 noya, 11:57 89
  • Kobra va piton ilonlari o'rtasida jang bo'ldi 20 noya, 11:32 616
  • Xavfliligi bo'yicha dunyoga mashhur ko'priklar 20 noya, 11:07 273
  • Navoiyda maktab direktori qo‘lga olindi 20 noya, 10:42 446
  • Rejissyor Umid Hamdamov o‘zbek kinosidagi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning eng xunuk tragediyasi haqida (video) 20 noya, 10:15 244
  • «Tottenhem» Pochettinoni iste’foga chiqardi 20 noya, 09:55 201
  • Samarqandda suyultirilgan gaz tashuvchi yuk mashinasi portlashi oqibatida 7ta transport vositasi yonib ketdi 20 noya, 09:33 362
  • Mashhur xushovoz xonanda Indila sizga qanchalik tanish? 20 noya, 09:06 578
  • Dunyoning eng go‘zal malikalari haqida... 20 noya, 08:41 804
  • Bo‘limlar