“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:55
ЎЗO‘Z

Boks. Elnur Abduraimov jahon chempionatida jazoirlik bokschini mag‘lub etdi (foto)

12 sen, 18:35 486 Sport
Boks. Elnur Abduraimov jahon chempionatida jazoirlik bokschini mag‘lub etdi (foto)
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida - 63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

U jazoirlik Rizo Benbazizga qarshi o‘tgan uch raundlik jang o‘tkazib, yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi - 5:0. Jang davomida Abduraimovning kuchli zarbasidan keyin jazoirlik bokschi nokdaun holatiga tushdi va referi hisobni ochishga majbur bo‘ldi.




Abduraimovni keyingi bosqichda amerikalik Keyshoun Devis kutib turibdi. Bu jang 14 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Bundan avvalroq O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kilogramm vazn toifasidagi vakili, Rio-de-Janeyrodagi Olimpada chempioni Shahobiddin Zoirov turkmanistonlik Yihlas Gilichjanovni mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga o‘tgandi. Zoirov ham navbatdagi jangini 14 sentyabr kuni o‘tkazadi, uning raqibi Dominikan Respublikasi vakili Rodrigo Marte bo‘ladi.

9-10 sentyabr kunlarida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilshod Ro‘zmetov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi, ularning ikkisi ham mo‘g‘ulistonlik bokschilarni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga o‘tishgandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha) (15 sentyabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya) (16 sentyabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya) (15 sentyabr)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentyabr).

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi 12 sen, 18:30
  • Elnur Abduraimov navbatdagi jangini o‘tkazdi 18 may, 21:23
  • Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi 01 mar, 08:48
  • Elnur Abduraimov uchinchi jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi 07 noya, 19:41
  • Gamburg 2017: Elnur va Shahram musobaqani g‘alaba bilan boshladi! 28 avg, 22:42
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar