“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2019, 05:35
ЎЗO‘Z

Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

12 sen, 18:30 462 Sport
Shahobiddin Zoirov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
12 sentyabr kungi janglar doirasida -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlik Yihlas Gilichjanovga qarshi o‘tkazdi.

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni jangda to‘liq ustunlikka erishdi va ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan Shahobiddinning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.
Shahobiddin Zoirovga keyingi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.

Bugun, -63 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov jazoirlik raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
9-10 sentyabr kunlarida O‘zbekiston boks terma jamoasining 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilshod Ro‘zmetov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi, ularning ikkisi ham mo‘g‘ulistonlik bokschilarni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratishdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polsha) (15 sentyabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya) (16 sentyabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Silva (Braziliya) (15 sentyabr)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentyabr).

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik 09 sen, 20:05
  • Shahobiddin Zoirovning navbatdagi jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi 15 may, 10:53
  • «Prezident kubogi»: Uch nafar bokschimiz finalda, Isroildan g‘alabani tortib olishdi 10 iyun, 00:03
  • Shahobiddin Zoirovdan super “kambek” 27 fev, 20:41
  • Gamburg 2017: Elnur va Shahram musobaqani g‘alaba bilan boshladi! 28 avg, 22:42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz? 21 okt, 00:30 125
  • Yulduz Usmonova yubiley konserti bilan Moskvada (video) 21 okt, 00:07 269
  • NATOda Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilindi 20 okt, 23:39 175
  • Olga Zabelinskaya velotrekda yana Osiyo chempioni bo‘ldi 20 okt, 23:10 115
  • Hijobli prezident Singapur uchun nimalar qildi? 20 okt, 22:43 359
  • "Oʻzbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga soʻz berdi 20 okt, 22:15 491
  • Bolasini 2 yil mashinaning bagajida saqlagan ayolga hukm o‘qildi 20 okt, 21:47 787
  • Tashkent City ko‘chalariga qanday nomlar berilishi ma’lum bo‘ldi 20 okt, 21:18 631
  • Qand kasalligiga qarshi kurashning eng yaxshi usuli ma'lum qilindi 20 okt, 20:50 609
  • «Sayyoraning eng baxsiz odamlari» - Burundi haqida faktlar 20 okt, 20:20 747
  • Bo‘limlar