“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 02:26
ЎЗO‘Z

Kuperda g‘oliblik ruhi yo‘q, yohud Ronaldoning 2003 yilgi intervyusi

12 sen, 15:58 1 577 Sport
Kuperda g‘oliblik ruhi yo‘q, yohud Ronaldoning 2003 yilgi intervyusi
2003 yili "Inter" forvardi Ronaldodan katta intervyu olingan va unda Ektor Kuper borasida savollar bilan ham murojaat etilgandi. Afsonaviy Ronaldo o‘ziga hos tarzda Kuper borasida salbiy fikrlar bildirib o‘tgan. E’tiboringizga ushbu intervyuning aynan Kuper borasida gap ketgan joyini havola etamiz.

Sizga juda nozik bir savol berishga ijozat bergaysiz. Sizni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan va davolanish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan "Inter" prezidenti Massimo Moratti bilan qanday munosabatdasiz? Haqiqatan ham, Milanda, butun Italiyada bo‘lgani kabi, sizning ketishingiz xiyonat sifatida qabul qilindi ...

Men har doim Massimo Moratti bilan iliq insoniy munosabatlarda bo‘lganman. U men uchun otadek. Shunday bo‘ldi va shunday ham bo‘ladi. Mening Ispaniyaga ko‘chib o‘tishim hech narsani o‘zgartirmadi.
Men jarohat olganimda, menga prezident sabr-toqatni va butun "Inter" jamoasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Men har doim Moratti, jamoadoshlarim va muxlislarning menga bo‘lgan munosabatini yuqori baholaganman. Ammo, qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, hamma narsani tubdan o‘zgartirgan bir voqea sodir bo‘ldi.

Nimani nazarda tutayapsiz?
Bir qator sabablarga ko‘ra men klub murabbiyidan, uning kasbiy va insoniy fazilatlaridan ko‘nglim qoldi (Ronaldo "Inter" bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida gapirgan, lekin uni ismini aytib o‘tishni istamagan). U bilan klubimiz hech narsaga erishmasligiga amin bo‘ldim. Bundan tashqari, oramizda begonalashish kuchaydi. Men o‘yinga tayyor bo‘lganimda jangga shoshildim. U meni sababsiz zaxirada qoldirdi. Bu bir necha marta takrorlangan. Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi yaqinlashayotgan edi va men terma jamoadan chaqiruv olmaslikdan jiddiy qo‘rqishni boshladim. O‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchi kimga kerak? O‘zaro sovuq munosabatlarimiz xech qachon hal qilinmadi.

Demak, sizning ketishingiz muqarrar edi?
Ha, jahon chempionatiga ketish oldidan, men ushbu murabbiyning boshchiligi ostida endi o‘ynamasligimni aytdim. Klub prezidenti menga vaziyat yaxshilanishiga va’da berdi. Ammo Osiyoga ketishdan oldin, vaziyat og‘ir ahvoldaligicha qolgandi. Keyin, men butunlay terma jamoadagi o‘yinlarga e’tiborimni qaratdim va endi Moratti bilan kurashishga to‘g‘ri kelmadi. Men jahon chempioni unvoniga ega bo‘lib qaytganimda, darhol bu odamning boshchiligi ostida mashg‘ulot o‘tkazmasligimni aytdim (Kuper nazarda tutilgan). Morattidan aniq javob bo‘lmagani uchun, men "Inter"da o‘ynashni davom ettirishni xohlamasligim to‘g‘risida aniq qaror qildim.

Sizningcha, Kuperni jamoadan ketishi biron narsani o‘zgartirarmidi?
O‘ylashimcha shunday... Ayniqsa "Inter" uchun! Bu klub nihoyat g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lardi. "Inter" tarkibida juda yaxshi o‘yinchilar bor, ammo g‘olib ruhiyatiga ega futbolchilarnining g‘alaba qozonadigan murabbiyi yo‘q. Massimo Moratti jamoaga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishiga qaramay, italiyaliklar yuqori natijalarga erishmasligidan charchashgan. Muxlislar va klub prezidenti ko‘proq narsaga loyiqdir.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Moratti Mourinoning “Inter”ga qaytishiga umid qilmoqda 19 dek, 23:23
  • Ronaldo: “Ektor Kuper faoliyatimdagi eng yomon murabbiy boʻlgan” (foto) 22 okt, 23:43
  • "Inter" sobiq prezidenti Mourinoning ko‘z yoshlari haqida o‘z fikrini bildirdi 14 okt, 14:30
  • Ektor Kuper 6 avgust kuni Toshkentga uchib keladi 01 avg, 14:53
  • Massimo Moratti: «Ibrohimovich ketish oldidan «Inter» mensiz hech narsa yuta olmaydi» degandi» 04 dek, 08:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda 18 sen, 00:13 138
  • Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:58 161
  • Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:42 120
  • Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi 17 sen, 23:26 229
  • Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi 17 sen, 23:00 370
  • Qora tuynuklar orqali zamonlar osha sayohat qilish mumkin deyishmoqda 17 sen, 22:34 491
  • O‘zbekistonning yana ikki vakili jahon chempionatida chorak finalga chiqdi 17 sen, 22:11 246
  • Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar 17 sen, 22:00 517
  • iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi 17 sen, 21:35 177
  • Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi 17 sen, 21:10 246
  • Bo‘limlar