“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 02:33
ЎЗO‘Z

JCh-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat

12 sen, 15:13 1 120 Sport
JCh-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat
10 sentyabr kuni JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 2-tur bahslari o‘tkazildi.
Kechagi o‘yinlarning e’tiborga molik jihati, qur’a jarayonida birinchi savatchadan joy olgan kuchli jamoalarning kurashga qo‘shilgani bo‘ldi. Jahon chempionatiga borishga asosiy da’vogarlardan Xitoy, Avstraliya, Eron, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya ilk turni g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni durang qayd etdi. Shuningdek, Qatarning o‘z maydonida Hindistonni yenga olmagani ham kutilmagan natija bo‘ldi.

"A" guruhi
Guam – Filippin 1:4
Maldiv – Xitoy 0:5
Guruhdagi har ikki uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Xitoy Maldiv uyiga safar uyushtirib 5:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Filippin Guamdan 4:1 hisobida ustun keldi. Darvoqe xitoyliklar safida Elkeson o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi. Xitoy birinchi urinishdayoq guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Xitoy - Guam; Suriya - Maldiv

"B" guruhi
Xitoy Taypeyi – Nepal 0:2
Quvayt – Avstraliya 0:3
Avstraliya Quvaytga hech qanday imkoniyatni qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Mettyu Leki dublga erishdi. Quvaytda kechgan bahsni stadionda 12 mingga yaqin tomoshabin kuzatib bordi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Nepal Xitoy Taypeyidan ustun keldi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Avstraliya - Nepal; Iordaniya - Quvayt

"C" guruhi
Kambodja – Bahrayn 0:1
Gonkong – Eron 0:2
Eron terma jamoasiga Sardor Azmun va Karim Ansarifad tomonidan kiritilgan gollar Gonkong ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Kambodja maydoniga safar qilgan Bahrayn esa 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Qizig‘i shundaki, Kambodjadagi "Olimpik" stadionida kechgan bahsni 45 ming tomoshabin kuzatib bordi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Eron - Kambodja; Iroq - Gonkong

"D" guruhi
Singapur – Falastin 2:1
Yaman - Saudiya Arabistoni 2:2
O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruhda ham vaziyat qizg‘in tus olmoqda. 1-turda bizni yutgan Falastin navbatdagi uchrashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Guruhdagi eng kuchli raqib sifatida qaralayotgan Saudiya Arabistoni esa Yaman bilan durang o‘ynadi. Keyingi turni milliy terma jamoamiz Toshkentda Yamanga qarshi o‘tkazadi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Saudiya Arabistoni - Singapur; O‘zbekiston - Yaman

"E" guruhi
Afg‘oniston – Bangladesh 1:0
Qatar – Hindiston 0:0
1-turda Afg‘onistonni 6:0 hisobida mag‘lub etgan Qatar bu turda kutilmaganda Hindiston bilan 0:0 o‘ynadi. To‘g‘ri, qatarliklar murabbiyi asosan ikkinchi tarkibni tushirdi, shunga qaramay amaldagi Osiyo chempionidan ko‘pchilik g‘alaba kutgandi. Fashad Nur tomonidan kiritilgan gol Afg‘onistonga kichik g‘alabani taqdim etdi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Bangladesh - Qatar; Ummon - Afg‘oniston

"F" guruhi
Mo‘g‘uliston – Tojikiston 0:1
Myanma – Yaponiya 0:2
Bu guruhda Tojikiston ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonlab, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Usmon Toshev shogirdlari navbatdagi bahsni ham 1:0 hisobida yakunlashdi. Yaponiya esa safarda Myanmani mag‘lub etdi. Myanmadagi stadionga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Yaponiya - Mo‘g‘uliston; Qirg‘iziston - Myanma

"G" guruhi
Indoneziya – Tailand 0:3
Malayziya – BAA 1:2
BAA saralash o‘yinlarini qiyin g‘alaba bilan boshladi. Malayziyalik futbolchilar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, biroq taym tugashiga ikki daqiqa qolganida Ali Mabxut hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Ali Mabxut yana gol urib jamoasiga ilk uch ochkoni keltirdi. Indoneziya maydoniga safar uyushtirgan Tailand yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. BAA - Indoneziya; Vetnam - Malayziya

"H" guruhi
Turkmaniston - Janubiy Koreya 0:2
Shri Lanka – KXDR 0:1
Va nihoyat "H" guruhida ikkita koreys jamoasi g‘alabaga erishdi. Janubiy Koreya safarda yon qo‘shnimiz Turkmanistonni mag‘lub etgan bo‘lsa, shimolliklar Shri Lankani kichik hisobda mag‘lub etib qaytishdi. Ashxobodda kechgan bahsni 26 ming tomoshabin stadionda kuzatib borgani ham e’tiborga molik.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Janubiy Koreya - Shri Lanka; Livan - Turkmaniston

Eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari bo‘yicha vaziyat qanday?
Ma’lumki, mazkur saralash bosqichida Osiyodan 40ta davlat qatnashmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir guruh g‘oliblari (8ta) va eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 4ta ikkinchi o‘rin egalari (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo‘l oladi. Dastlabki ikkita tur natijalaridan so‘ng Suriya, Avstraliya, Eron va Yaponiya eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turishibdi.


Manba: championat.asia

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • JCh-2022 saralashiga qur’a tashlandi! 17 iyul, 14:36
  • Bugun JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi 17 iyul, 12:16
  • JCh saralash bosqichi 2-raund oldidan. O‘zbekiston safarda boshlab safarda tugatadi 15 iyun, 22:43
  • Ayollar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi 30 may, 18:56
  • O‘zbekiston, Avstraliya va Saudiya Arabiston JCh-2018 tomon yana bir qadam tashlashdi 07 sen, 11:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda 18 sen, 00:13 138
  • Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:58 161
  • Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:42 120
  • Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi 17 sen, 23:26 229
  • Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi 17 sen, 23:00 370
  • Qora tuynuklar orqali zamonlar osha sayohat qilish mumkin deyishmoqda 17 sen, 22:34 491
  • O‘zbekistonning yana ikki vakili jahon chempionatida chorak finalga chiqdi 17 sen, 22:11 246
  • Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar 17 sen, 22:00 517
  • iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi 17 sen, 21:35 177
  • Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi 17 sen, 21:10 246
  • Bo‘limlar