“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 02:31
ЎЗO‘Z

Ektor Kuper ketdimi? Abramov terma jamoaga tayinlangani rostmi?

12 sen, 13:13 2 064 Sport
Ektor Kuper ketdimi? Abramov terma jamoaga tayinlangani rostmi?
Bugun ommaviy axborot vositalarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper iste’foga chiqarilgani va o‘rniga «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov tayinlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. «Bunyodkor» klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev bu borada O‘FA bilan hech qanday muloqot o‘tkazilmaganini bildirdi.

Ulug‘bek Mirzayev. Foto: Championat.asia
— Bu haqda o‘zim ham internetda tarqagan ma’lumotlardan xabar topdim. Faqat bir narsani aytishim mumkin, klubga hech qanday taklif kelib tushgani yo‘q. Vadim Abramov hamon «Bunyodkor» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Ayni vaqtda Qo‘qondagi o‘yinga tayyorlanmoqdamiz, 15 sentyabrda «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini bo‘ladi. Bu o‘yinga Vadim Abramovga ham yo‘l chiptasi olingan, mehmonxonaga buyurtma berilgan. Vadim Abramov bilan bu haqda gaplashib oldim. Unga hech kim aloqaga chiqmagan, — deydi Ulug‘bek Mirzayev.

O‘z navbatida Vadim Abramov ham O‘FA bilan hech qanday muzokara bo‘lmaganini tasdiqladi.
— O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganim haqida odamlardan eshitdim. Internetni o‘qib bormayman, shunchaki tanishlar qo‘ng‘iroq qilib, xabardor etishdi. Shunday ekan, hech narsa deya olmayman. O‘FA bilan muzokaralar bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on.

Mabodo taklif bo‘lsa qanday javob berardim? Menimcha bunday savolga javob berish unchalik ham odobga to‘g‘ri kelmaydi. Hozircha O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqa odam boshqarmoqda va uni hurmat qilish kerak, — deya javob qaytardi Vadim Abramov.

O‘z navbatida O‘FA matbuot xizmati ham Ektor Kuper milliy terma jamoa boshqaruvida faoliyat yuritayotganini tasdiqladi.
— Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi — Ektor Kuper. Hozircha boshqa murabbiy haqida gapirishga hojat yo‘q.

O‘FA tasarrufidagi terma jamoalarda o‘zgarish ro‘y bergan taqdirda rasmiy saytimiz orqali xabar beriladi. Modomiki berilmagan ekan, demak hech qanday yangilik ham yo‘q, — deyiladi Xabar.uz saytiga berilgan rasmiy ma’lumotda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • "Bunyodkor" klubi Vadim Abramovga qilich sovg‘a qildi (foto) 05 avg, 21:26
  • Yaponiyani mag‘lub etgan Vadim Abramov ertangi o‘yindan oldin fikr bildirdi 17 yanv, 00:30
  • Vadim Abramov "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi 12 yanv, 16:04
  • Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyligiga Vadim Abramov nomzodi ham koʻrilgan edi 27 sen, 16:53
  • Vadim Abramov «AGMK» bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda 04 iyun, 18:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda 18 sen, 00:13 138
  • Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:58 161
  • Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:42 120
  • Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi 17 sen, 23:26 229
  • Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi 17 sen, 23:00 370
  • Qora tuynuklar orqali zamonlar osha sayohat qilish mumkin deyishmoqda 17 sen, 22:34 491
  • O‘zbekistonning yana ikki vakili jahon chempionatida chorak finalga chiqdi 17 sen, 22:11 246
  • Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar 17 sen, 22:00 517
  • iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi 17 sen, 21:35 177
  • Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi 17 sen, 21:10 246
  • Bo‘limlar