“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 02:34
ЎЗO‘Z

Toshkentda MMA jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuv oqibatida vafot etdi

11 sen, 20:46 1 696 Sport
Toshkentda MMA jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuv oqibatida vafot etdi
Foto: Instagram /Muslim Omonov
Toshkentda MMA professional jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuvda olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Poytaxt IIBB qator nashrlarda tarqalgan bu haqdagi xabarni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 sentyabriga o‘tar tunda, soat taxminan 00:50larda, Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida ikkita yigitlar guruhi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Xabarga ko‘ra, ular o‘zaro munosabatlarni oydinlashtirish maqsadida ko‘chaga chiqib, Shayxontohur tumaniga qarab yo‘l olishgan, u yerda mushtlashuv kelib chiqqan. Natijada, uch nafar shaxs tan jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan, ulardan biri - 23 yoshli Muslimbek O. shifokorlar harakatlariga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, ushbu harakatlarining barcha ishtirokchilari aniqlangan. Tergov davom etmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Avtomashinadagi gaz ballon portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi (Foto) 06 fev, 13:43
  • Quyi chirchiqlik shaxs o‘zaro janjal vaqtida fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazdi 21 dek, 11:01
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida pichoqbozlik yuz berdi 01 noya, 09:59
  • Zangiotada fuqaro tanishini o‘z uyida pichoqladi 27 okt, 21:27
  • Toshkent yuridik kollejida qotillik ro‘y berdi: bir o‘quvchi boshqasini pichoqladi 07 okt, 00:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda 18 sen, 00:13 138
  • Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:58 161
  • Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:42 120
  • Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi 17 sen, 23:26 229
  • Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi 17 sen, 23:00 370
  • Qora tuynuklar orqali zamonlar osha sayohat qilish mumkin deyishmoqda 17 sen, 22:34 491
  • O‘zbekistonning yana ikki vakili jahon chempionatida chorak finalga chiqdi 17 sen, 22:11 246
  • Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar 17 sen, 22:00 517
  • iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi 17 sen, 21:35 177
  • Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi 17 sen, 21:10 246
  • Bo‘limlar