“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:45
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman"

18 avg, 00:24 545 Sport
Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman"
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi (1:0) o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun tajribali jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Biroq baribir tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi. Bugun biz o‘z uslubimiz doirasida harakat qildik. «Lokomotiv»ga gol urish uchun kamroq imkoniyat yaratishga, ularning bo‘sh zonalaridan unumli foydalanishga, ularni to‘psiz qoldirishga intildik, ammo buni har doim ham eplay olmadik. Chunki «Lokomotiv»ning bir necha futbolchilari erkinroq o‘ynashdi. Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda futbolchilarim diqqatni biroz yo‘qotishdi va o‘sha vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi.

- Jamoangizning o‘yinini qanday baholaysiz?
- «Lokomotiv»dek raqib bo‘lganidan keyin o‘yinimizni yuqori baholay olaman.

- «Nasaf» ushbu raqibiga ikkala o‘yinda ham 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bunga qanday izoh bera olasiz?
- Bizga sovuqqonlik yetishmayapti. Qarshida bo‘lgan o‘yinni eslasangiz, munosib o‘yin namoyish qilib, ko‘plab vaziyatlar yaratgandik. Ammo o‘zingdan kuchliroq va tajribaliroq bo‘lgan jamoaga qarshi o‘yinda albatta gol urmasang, mag‘lub bo‘lishing aniq. Bugun shunday bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida biz ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq bulardan foydalana olmayapmiz. «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda ham shunday bo‘ldi.

- Superliga doirasida safarda o‘tgan eng qiyin o‘yin sifatida «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinni keltira olasizmi?
- Bu yil ligada kutilmagan natijalar ko‘p bo‘lmoqda. Ko‘p jamoalarning saviyasi tenglashayotgandek. Shuning uchun ham, nafaqat safardagi, balki uydagi o‘yin ham qiyin o‘tmoqda. G‘alabaga erishish uchun uy yoki safar deb ajratmasdan bor kuchni ishlatish kerak.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • Manba: [url=http://lokomotiv.uz/?p=4523&lang=uz]lokomotiv.uz[/url] 10 fev, 23:49
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • “Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi 18 dek, 15:03
  • Temur Kapadze «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi 02 yanv, 13:55
  • So'nggi yangiliklar
  • Aziz To‘xtaboyev: “Timur Kapadze o‘z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmoqda” 15 sen, 19:35 17
  • Vadim Abramov: “Shogirdlarimni tanimay qoldim” 15 sen, 19:34 95
  • Shukurovning jamoasi BAA Superkubogini qanday qo‘lga kiritdi? (video) 15 sen, 19:15 72
  • Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi 15 sen, 18:48 298
  • "Qo‘qon-1912" "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘lladi 15 sen, 18:16 188
  • Endi Ruis: "Fyuri qo‘lini beliga qo‘yib meni ura olmaydi" 15 sen, 17:53 216
  • Jahon chempionati. Mirzahalilov bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdi 15 sen, 17:32 240
  • Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi (foto) 15 sen, 17:27 407
  • Tezroq ozishga yordam beradigan odatlar nomi ma’lum bo‘ldi 15 sen, 17:00 438
  • Nasroniy atirguli (5-qism) 15 sen, 16:32 278
  • Bo‘limlar