“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:19
ЎЗO‘Z

«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»

14 avg, 09:05 806 Sport
«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»
RPLning 5-turidan keyin musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Sport-ekspress»ga intervyu berdi. Suhbat davomida mutaxassis o‘tgan beshta o‘yinda to‘rtta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan shogirdi Eldor Shomurodov haqida ham gapirib o‘tgan.

– Hozir hammaning og‘zida Shomurodov. Hujumchining boshi aylanib ketmayaptimi?
– Hozir bunaqa bo‘lmasligi kerak. Eldor – ancha kamtar, mulohazali, adekvat, bosiq yigit. Hozir nima bo‘layotganini to‘g‘ri baholay oladi.

– Yaqinda SSKA unga qiziqish bildirib chiqqani rostmi?
– Bu menga beriladigan savol emas. Kim kim bilan aloqaga chiqqanini bilmayman... Bu masalada hech narsadan xabarim yo‘q.

– Siz uning pozitsiyasiga – kelgusida rus grandiga emas, Yevropa klubiga o‘tish fikriga qo‘shilasizmi?
– Umuman olganda, ha. Men uning «Rostov»da o‘ynashda davom etishini istardim. Keyinroq, agar shunday taklif tushsa, RPLning obro‘li klubidan ko‘ra G‘arbga yo‘l olgani yaxshiroq. Albatta, Yevropa grandida maydonga tushish oson emas. Lekin boshlanishiga oddiyroq klubda o‘ynab turib ham, keyin yuqoriroqqa ko‘tarilishga intilish mumkin.

– Yaqinda «Hozircha Shomurodov va Normanni yo‘qotishdan xavotirimiz yo‘q. Hech kimni sotmoqchi emasmiz. Lekin ertaga 50 millionlik taklif tushsa, o‘zim futbolchini o‘sha klubga eltib qo‘yaman» deb aytgandingiz.
– Ha, shunday.

– Demak, Shomurodov va Normann 50 mln yevro turarkan-da? Qimmat emasmi?
– Men uchun, ha, ularning transfer narxi – 50 million.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Roman Yeremenko: "Shomurodov mavsum davomida 20 ta gol ura oladi" 13 avg, 11:00
  • Shomurodovning ustozi premer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi 02 avg, 07:16
  • «Rostov» Shomurodov bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi 07 iyun, 21:25
  • Eldor Shomurodov "Rostov" bilan shartnomasini uzaytirdi 27 may, 23:42
  • Valeriy Karpin: "Shomurodov so‘nggi 7-8 oy ichida katta o‘sishga erishdi" 26 yanv, 00:23
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman" 18 avg, 00:24 145
  • AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi 18 avg, 00:02 241
  • APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi 17 avg, 23:37 155
  • Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokidagi yangi video tarqaldi 17 avg, 23:23 613
  • La Liga. "Real" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi 17 avg, 23:10 218
  • APL. "Liverpul" safarda qiyin g‘alabaga erishdi 17 avg, 23:03 171
  • “Paxtakor”da yirik, “Lokomotiv”da kichik hisobdagi g‘alaba 17 avg, 22:38 209
  • "Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz" 17 avg, 22:13 270
  • 38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi? 17 avg, 21:43 340
  • Moliya vazirligi oshgan narxlarga izoh berdi 17 avg, 21:16 836
  • Bo‘limlar