“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:09
ЎЗO‘Z

JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?

17 iyul, 16:30 1 305 Sport
JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?
Xabaringiz bor bugun JCh-2022 saralashi ikkinchi bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur bilan kurash olib boradigan bo‘ldi. Qur’adan so‘ng taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev qiziq jihatga e’tibor qaratdi.

"O‘zbekiston terma jamoasining guruhi geopolitika tomonlama qiziqarli bo‘ldi.

O‘tgan JCh saralash bosqichida Saudiya Arabistoni Falastinga borishni istamagandi (BAA esa Falastinga borgandi). Falastin futbol federatsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z uyida o‘ynamaslikka qaror qilgani bois Saudiya Arabistoni texnik mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi. Yakunda bahs Iordaniyada bo‘lib o‘tgandi, u yerda Falastin Malayziyani ham qabul qilgandi.

Endi Falastin uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi? 5 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga borishi mumkin, 15 oktyabr kungi Falastin - Saudiya Arabistoni uchrashuvi esa neytral maydonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Yamanning uy o‘yinlari bilan ham qiziq vaziyat sodir bo‘lishi mumkin. O‘tgan saralash bosqichida Yaman mehmonlarni (ular qatorida O‘zbekistonni ham) Doxada qabul qilgandi. Ammo shundan keyin Qatar va bir qator qo‘shni davlatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar uzildi. Yaman ham mana shu davlatlar qatorida edi. Yaman uy o‘yinlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazishi taxmin qilingandi, ammo ikki terma jamoa bir guruhda ekanligi bois bunday bo‘lmasligi mumkin.

Bu savollarga javobni tez orada bilib olamiz", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • JCh-2022 saralashi. O‘zbekiston guruhdagi raqiblar bilan oldin qanday o‘ynagan? 17 iyul, 16:05
  • JCh-2022. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlari taqvimi 17 iyul, 14:55
  • JCh-2022 saralashiga qur’a tashlandi! 17 iyul, 14:36
  • U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga ham qur’a tashlandi 09 may, 15:39
  • U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari aniq bo‘ldi 24 okt, 21:31
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar