“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2019, 09:19
ЎЗO‘Z

Nurmagomedov jamoasi a’zolari jazo muddati tugamaguncha oktagonga qaytmaydi

31 yanv, 06:58 1 808 Sport
Nurmagomedov jamoasi a’zolari jazo muddati tugamaguncha oktagonga qaytmaydi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni, Konor Makgregor bilan jangdan keyin chiqqan mojaro uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatilgan Xabib Nurmagomedov noyabrda oktagonga qaytishi mumkin. Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz ESPN sport kanalida Ariel Xelvani bilan suhbatda ma’lum qildi.

Xabib Makgregorga qarshi so‘nggi jangini Las-Vegasda (Nevada shtati) o‘tkazgan.
Nevada shtati atletik komissiyasi mojaro yuzasidan chiqargan qarorga ko‘ra, Xabib jamoasining mojaroda ishtirok etgan ikki a’zosi – Zubayra Tuxugov va Abubakr Nurmagomedov bir yilga musobaqalardan chetlatilgan. Xabibning o‘ziga esa 9 oylik chetlatilishdan tashqari, 500 ming dollarlik jarima solingan.

Xelvanining ma’lum qilishicha, Xabib UFC bosh qarorgohi joylashgan Nevada shtatida boshqa jang o‘tkazmaydi. Uning keyingi jangi Nyu-Yorkdagi Medison-skver-gardenda o‘tishi mumkin.

“Xabib Nevadada boshqa jang o‘tkazmaydi, chunki uning inilari juda qattiq jazolandilar”, deb aytgan Ali Abdulaziz.
Shuningdek, Xabib jamoasi a’zolari jazo muddati yakunlanmaguncha oktagonga qaytmasligi va ularning har biriga solingan 25 ming dollarlik jarimani to‘lab berishini aytgan.

Shuningdek, mojaroning yana bir ishtirokchisi – Konor Makgregor 6 oyga chetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan.
Xabibning menejeri Makgregorga juda oz miqdorda jarima solingani uchun komissiya chiqargan qarorni adolatsiz deb atagan.
Konorning o‘zi esa qarorga qarshilik bildirmagan. Sportchilarning diskvalifikatsiya muddati 10 oktyabrdan boshlab hisoblanadi va shu tariqa irlandiyalik apreldayoq yana oktagonga qaytishi mumkin.

“Komissiyaga adolatli qaror uchun minnatdorlik bildiraman. Men o‘sha kecha raqibimning yaqinlari bilan urishishni istamagandim, shunday chiqdi. Qaytishimni intiqlik bilan kutib qolaman”, deb yozgan irlandiyalik tvitterda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Xabib Nurmagomedov 9 oyga musobaqalardan chetlatildi 30 yanv, 07:27
  • UFC prezidenti: “Xabib jangi uchun 50 mln olishi mumkin” 04 noya, 14:33
  • Xabib Nurmagomedovga Makgregor bilan jangi uchun belgilangan gonorarning yarmi qaytarildi 25 okt, 11:30
  • Xabib Nurmagomedovga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo maʼlum qilindi 09 okt, 20:44
  • Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi 06 okt, 14:15
  • So'nggi yangiliklar
  • Tuz haqida qiziqarli maʼlumotlar 06 dek, 08:58 99
  • Dunyoning mitti milliarder va millionerlari (foto) 06 dek, 08:30 227
  • Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi 06 dek, 08:00 185
  • Dunyoning eng qimmat limuzinlari... 06 dek, 07:30 289
  • Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism) 06 dek, 07:01 446
  • Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 06 dek, 06:30 331
  • Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi? 06 dek, 06:00 376
  • Messi o’zining oltinchi "Oltin to’p"ini qachon namoyish qilishi ma'lum bo’ldi 06 dek, 03:08 227
  • Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism) 06 dek, 00:13 416
  • Xabib Nurmagomedovning eng muhim shiori qanday ekanligini bilasizmi? 05 dek, 23:57 401
  • Bo‘limlar