“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2019, 13:20
ЎЗO‘Z

Jangabayev jahon chempionatida 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

11 noya, 01:12 1 483 Sport
Jangabayev jahon chempionatida 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.

Bugun musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. Unda yurtimiz sharafini Rustam Jangabayev himoya qildi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 202 kg natija ko‘rsatdi va to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Siltab ko‘tarishda esa 245 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkikurash yakuniga ko‘ra 447 kg natija ko‘rsatgan Rustam bu borada ham bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa Turkmanistondagi jahon chempionati yakunlandi. Terma jamoamiz vakillari musobaqa davomida 1ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Jumladan Akbar Jo‘rayev 102 kg vaznda dast ko‘tarishda oltin medal, 67 kg vaznda Doston Yoqubov siltab ko‘tarishda kumush medal, Ruslan Nurudinov 109 kg vaznda siltab ko‘tarishda bronza medalga ega bo‘lgan edi.

O‘zbekistonlik polvonlar 12 noyabr kuni soat 7:00da yurtimizga qaytib keladilar. Ularni «Janubiy» vokzalda tantanali kutib olish marosimi o‘tkaziladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Ruslan Nurudinov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi 09 noya, 20:03
  • Og‘ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi 08 noya, 22:22
  • Osiyo oʻyinlari. Ogʻir atletikada yana bir medal qoʻlga kiritildi 27 avg, 17:59
  • Og‘ir atletika bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik ikki sportchi o‘z guruhida ikkinchi bo‘ldi 25 noya, 19:34
  • O‘zbekistonlik uch nafar og‘ir atletikachi JChda sovrindorlar qatoriga kira olmadi 23 noya, 16:06
  • So'nggi yangiliklar
  • XDP Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi 17 noya, 12:53 131
  • OAV: Turkiya Al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshini qo‘lga tushirgan 17 noya, 12:25 191
  • Zamonaviy dunyoda qadimiy modada kiyinuvchi yagona yigit (foto) 17 noya, 11:53 307
  • «Yuventus» rahbariyati Ronaldu bilan jiddiy gaplashib olmoqchi 17 noya, 11:23 317
  • Jahongir Ortiqxo‘jayev aybdormi? AOKA rasmiy bayonot berdi 17 noya, 11:00 917
  • «Adolat» partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi 17 noya, 10:50 439
  • Uyi «snos»ga tushgan samarqandlik ayol: «Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman» (video) 17 noya, 10:42 599
  • YЕVRO-2020 saralashi. Germaniya Belarusni tor-mor keltirdi (video) 17 noya, 10:30 136
  • Xorvatiya Yevro-2020 yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritdi? (video) 17 noya, 10:14 169
  • YЕVRO-2020 ga yo‘l olgan yana to‘rt jamoa nomi ma’lum bo‘ldi 17 noya, 09:53 204
  • Bo‘limlar