“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:24
ЎЗO‘Z

«Manchester Siti» «Tottenhem»ga 3ta gol urdi

30 iyul, 10:26 3 284 Sport
«Manchester Siti» «Tottenhem»ga 3ta gol urdi
«Manchester Siti» Xalqaro chempionlar kubogi doirasida navbatdagi o‘yinda ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu safar «Tottenhem» «shaharliklar» «qurboni»ga aylandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Neshvilldagi «Nissan» stadionida kechgan bahsning 10-daqiqasida Jon Stounz hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Gvardiola shogirdlari yana ikkita gol urishdi. Rahim Sterling va Brahim Dias gollarga mualliflik qildi.

Bu «Tottenhem» uchun turnirdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Turnir doirasidagi ilk bahsda «shporlar» «PSJ»ni mag‘lub etgandi (4:2), keyin «Roma»ga imkoniyat boy berildi (2:3). «Manchester Siti» esa ilk bahsda «Manchester Yunayted»ga yutqazgan (0:2), keyin «Real»ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:1).

International Champions Cup, Neshvill, AQSh
«Manchester Siti» – «Tottenhem» 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 10 Stounz, 2:0 – 72 Sterling, 3:0 – 90 Brahim Dias.
«Manchester Siti» – Ederson (Murich, 79), Stounz (Adarabioyo, 74), Otamendi, Danilo (Sane, 74), Kompani (Mangalya, 59), Sterling (Braim Dias, 79), de Bryuyne (Nasri, 59), Fernandino (Ture, 60), Silva (Foden, 59), Uoker (Dyueyni, 75), Gabriel Jezus (Aguero, 60).
«Tottenhem» – Loris (Vorm, 46), Alderveyreld, Vertongen (Vimmer, 70), Tripper (Uoker-Piters, 79), Devis, Dembele (Nkudu, 54), Uinks (Oukli-But, 71), Eriksen, Dayer, Alli (Yanssen, 70), Keyn.
Ogohlantirish: Kompani (55).

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «Siti» yosh futbolchi uchun 150 million evro, «Real» esa uch nafar futbolchini pulini sarflamoqchi 22 iyul, 11:55
  • «Manchester Siti» yozdagi eng muhim transferni amalga oshirmoqchi... 08 iyul, 17:32
  • Gvardiola - zamonamizning eng yaxshi murabbiyi 28 apr, 19:00
  • «Monako» o‘zida «Manchester Siti»ni engdi va keyingi bosqichga chiqdi 16 mar, 07:47
  • «Manchester Yunayted» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham «Xall Siti»ni enga olmay, ahvolini yanada og‘irlashtirdi 02 fev, 09:19
  • EChL. "Manchester Siti" o‘z uyida "Real" bilan durang qayd etdi 27 apr, 06:46
  • So'nggi yangiliklar
  • Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq? 15 okt, 19:06 5
  • Targ‘ibot o‘z samarasini berdi 15 okt, 18:53 115
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 144
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 226
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 404
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 209
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 180
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 543
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 363
  • 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 15 okt, 16:35 296
  • Bo‘limlar