“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 08:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi

03 avg, 12:08 5 170 Sport
O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining dastlabki uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi, deb xabar beradi “O‘FF” .

Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichini 1 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Suriyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ushbu o‘yinni boshqarib borish uchun FIFA tomonidan yaponiyalik hakamlar guruhi tayinlangan.

O‘yin bosh hakami sifatida FIFA hakami Sato Ryuji ish olib borsa, unga qanotlarda vatandoshlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Xiroyuki Kimura. Hakamlar nazoratchisi – baxraynlik Abdulrahmon Aldelavar bo‘lsa, komissar – Ni Sen Toh (Malayziya).

Ta’kidlash kerakki, Jahon chempionati–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig‘inni shu yilning 20 avgust kuni boshlaydi.

Yig‘in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Yaman termasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, JCh–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga kirishiladi.
.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Suriya - O‘zbekiston o‘yiniga hakamlar tayinlandi 05 mar, 22:23
  • O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasidagi o‘yinni Benjamin Uilyams boshqaradi 04 okt, 18:03
  • JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston – Suriya uchrashuviga prevyu 31 avg, 14:41
  • O‘zbekiston – Burkina-Faso uchrashuvini Sherzod Qosimov boshqarib boradi 16 avg, 14:24
  • O‘zbekiston MTJning Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik o‘yini «Bunyodkor»dan «Paxtakor» stadioniga ko‘chirildi 10 avg, 17:10
  • O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya bilan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi 28 apr, 20:26
  • So'nggi yangiliklar
  • Harvard universiteti Qur’on oyatini adolatning eng yaxshi e’tirofi deb topdi 24 yanv, 08:28 130
  • Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi 24 yanv, 08:00 138
  • Ukraina aholisi rekord darajada qisqarib bormoqda 24 yanv, 07:31 544
  • Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday? 24 yanv, 07:01 584
  • Greypfrut ozishga yordam berishi mumkin 24 yanv, 06:30 184
  • O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi 24 yanv, 06:00 266
  • Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar 24 yanv, 00:23 892
  • "Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi 24 yanv, 00:02 1 244
  • Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi 23 yanv, 23:40 1 976
  • Rossiya va Belarusda yagona valyuta qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi 23 yanv, 23:20 965
  • Bo‘limlar