“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:02
ЎЗO‘Z

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

19 noya, 21:28 2 948 O‘zbekiston
Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 noyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-7, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor yog‘ishi) mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • 30 yanvar kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti 29 yanv, 18:45
  • 29 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 28 yanv, 19:39
  • 7 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda? 06 noya, 16:17
  • 13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti 12 okt, 22:44
  • 8 iyun uchun ob-havo ma’lumoti 07 iyun, 19:13
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar