“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:44
ЎЗO‘Z

Andijon viloyat IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigit haligacha uyiga qaytib kelmagan

07 noya, 15:00 1 913 O‘zbekiston
Andijon viloyat IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigit haligacha uyiga qaytib kelmagan
2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulloh qayerda?” sarlavhasi ostidagi post tarqaldi. Unda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar oʻgʻli Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotganiga oid fikrlar bayon etilgan. “Daryo.uz” nashri mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida yoʻqolib qolgan yigitning otasi, oila yollagan advokat va viloyat IIB rasmiysi bilan suhbatlashgan.

Tahririyatga kelgan andijonlik Dilmurod Tohirovning aytishicha, oʻgʻli Abdulloh Tohirovni oila aʼzolari 26-oktyabrdan buyon koʻrishmagan. Hatto farzandining ayni paytdagi ahvoli va qayerdaligi ham ularga oshkor etilmayapti. Bu esa qarindosh-urugʻlar, mahalla-koʻyni vahimaga solgan.

“Jalaquduq tumanining Yuqori chigitr mahallasida yashaymiz. Dehqonchilik bilan shugʻullanib, tirikchilik qilamiz. Oʻgʻlim Abdulloh bu yil 20 yoshga toʻldi. 2018-yil noyabrida mahalladagi tanish-bilishlar bilan birga Rossiyaga ishlagani ketib, shu yil may oyida qaytib keldi. Shu kungacha oʻgʻlimning ortidan biror yomon gap eshitmaganman. Uning xatti-harakati hamisha nazoratimda boʻlgan. 26-oktyabr kuni ertalab soat chamasi 07:00 larda oʻgʻlim Qoʻrgʻontepa hududida Andijon—Qoʻrgʻontepa yoʻnalishidagi katta koʻchada yoʻl-transport hodisasi sodir etadi. U qarindoshimizning Lacetti rusumli avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib yurgandi. Hodisa yuz bergach, Abdulloh togʻasi Islombekka telefon qilib, yuz bergan hodisa haqida maʼlum qiladi. Koʻngilsiz voqea sodir etilishida oʻgʻlim aybdorligi bois togʻasi Islombek Nexia-2ʻga yetkazilgan zararni qoplab, shikastlangan joylarini taʼmirlatib berishini aytadi”, — deydi Abdullohning otasi.

Dilmurod Tohirov Bogʻishamol dahasidagi eski mashina bozorga yaqin joydagi ustaxonada Nexia-2ʻning orqa bagaji ochiqligi uchun uning ichiga ham bir nazar solgan va u yerda VSF kategoriyadagi davlat raqam belgisi borligiga koʻzi tushgan.

Birozdan soʻng Dilmurod Tohirovning ukasi Elmurod qoʻngʻiroq qilib, “Jalaquduq tuman IIBdagilar oʻgʻlingni olib borishimizni soʻrashyapti”, degan. Kechki soat 18:00 da Abdulloh tuman ichki ishlar boʻlimi tomon otlangan. Yoʻlda ularga Farrux Yusupov ismli organ xodimi aloqaga chiqib, uning hamrohligida viloyat IIBga borishlari kerakligini aytgan. Uchalasi Islombekning avtomobilida Andijon shahriga ketishadi.

IIBda Abdullohning kamerali telefonini tezda uydan olib kelish shartligi aytilgan. “Kechqurun soat 23:30da ayolim ikkimizning ortimizdan 3—4 nafar organ vakillari uyimizga kelib, tintuv oʻtkazishdi. Oʻgʻlimning telefoni va uning ajralib ketgan qismlarini, unga qoʻshimcha ravishda kichkina kompyuterimiz va fleshkani ham oʻzlari bilan olib ketishdi. Shu vaqtda qaynukam mashina ustasiga telefon qilib, mashina Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Qahramon Ergashevniki ekanligidan boxabar boʻldik”, — deydi Dilmurod Tohirov.

Qahramon Ergashev bilan telefonda bir necha marta gaplashib turdik. Undan Abdulloh qayerdaligini soʻrasak, “Buning avtohalokatga aloqasi yoʻq. Toshkentdan buyruq boʻlgan va Toshkentga olib ketildi. Oʻgʻlingiz Rossiyadaligida ʻnozik odamlarʻni soʻkib yozgan internetda. Unga koʻpi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi beriladi. Vahima qilmanglar, bugun chiqarvorishsa kerak”, degan fikrlarni bildirdi.

29-oktyabr kuni Dilmurod Tohirov Qahramon Ergashev bilan Andijon shahridagi kafelardan birining oldidagi koʻchada uchrashgan.

“Abdulloh 15 kunga qamaldi, qaror chiqarilgan, Toshkentdagilar bilan gaplashib turibman. Sizlarga yana xabar beriladi”, degan. Qamalishining sababini soʻrashganida, Islombekning qulogʻiga past ovozda “yuqori lavozimli amaldorlardan birini soʻkibdi”, deya javob qaytargan. Shunday buyon Abdulloh haqida biror maʼlumot yoʻq.

Abdulloh Tohirov 15 sutkalik jazoni oʻtayotgani toʻgʻrisidagi xabarni tekshirish uchun Qoʻrgʻontepa tumani va Andijon shahridagi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga murojaat qilgan, biroq ular bunday shaxs ushbu muassasalarga olib kelinmaganini taʼkidlagan.

Jalaquduq tumani IIB va prokuraturasi ham Abdulloh Tohirovga nisbatan ish ochilmaganini bildirgan. Keyin Toshkentga qaytib kelib, Prezident virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura, IIV va DXX rahbarlari nomiga telegramma yuborilgan, ariza ham yozilgan.

Surishtiruv davomida Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Qahramon Ergashev bilan telefon orqali bogʻlanilgan. U “Hech qanaqa holatlar (yoʻl transport hodisasi - tahr.) boʻlmagan. Mashinam oʻzimda, haydab yuribman. Qandaydir tushunmovchiliklar boʻlyapti, telefonlar masalasi boʻyicha arzimagan bir-ikkita narsa bor. Yaqinda oydinlik kiritamiz”, — deya javob qaytargan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Andijonda yana bir tuman hokimi ishdan ketdi 27 avg, 09:23
  • Nasriddin Afandi haykalining boshiga chiqib olgan yigit buxoroliklardan uzr soʻradi 15 avg, 06:34
  • Sirdaryoda 30 yildan buyon ko‘rishmagan aka-ukalar diydorlashdi 19 may, 21:30
  • «Damas» va yuk mashinasining to‘qnashuvida andijonlik pensionerlar vafot etdi 07 may, 07:50
  • Andijon viloyati hududida snaryad topildi (Foto) 21 avg, 17:31
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar