“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 09:14
ЎЗO‘Z

Marketing va reklamaga bag‘ishlangan MAKON Marketing Forum 2019 birinchi milliy biznes-forumi Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladi

05 okt, 13:37 317 O‘zbekiston
Marketing va reklamaga bag‘ishlangan MAKON Marketing Forum 2019 birinchi milliy biznes-forumi Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladi
Birinchi bor yurtimizning yetakchi ekspertlari, ish egalari va yirik kompaniyalar top-menejerlari boshqaruv, marketing va sotuvlardagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun bir sahnada jam bo‘ladilar. Forum ishtirokchilari bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlar hamda marketing va reklamaning samarali vositalarini olish imkoniga ega bo‘ladilar.

MAKON Marketing Forum 2019 konferensiyasi 19 oktyabrda Toshkentda va 2 noyabrda Samarqandda o‘tkaziladi. Har bir shahardagi forum ishtirokchilarini sakkiztadan ekspertlar chiqishi kutmoqda. Ma’ruzachilar o‘z mahsulotlari yoki xizmatlarini reklama qilmaydilar, balki shaxsan nimalar qilganliklari haqida so‘zlaydilar, nostandart kreativ yechimlar to‘g‘risida hikoya qiladilar va o‘z g‘oyalaringizni qanday amalga oshirish borasida qimmatli maslahatlar beradilar.

“Forumning asosiy vazifasi, - Forum tashkilotchisi, Milliy marketing markazi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedovning fikriga ko‘ra, - real tajriba va bilimga ega, o‘z hamkasblari va boshlovchi mutaxassislar bilan real keyslar hamda mutlaqo amaliy xarakterga ega “suvsiz” axborotni o‘rtoqlashishga tayyor mahalliy ma’ruzachilar jam bo‘ladigan tarmoq maydonchasini yaratishdir. Bu davlat tilida mana shunday keng ko‘lamli tadbir tashkil etish borasidagi birinchi tajribadir. Men muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarimiz loyihani qo‘llab-quvvatlaganliklari va yurtdoshlarimiz bilan o‘z bilimlarini o‘rtoqlashishga tayyor ekanliklaridan xursandman. Biznes uchun ham qiziqarli, ham foydali bo‘ladigan forumda qatnashishga taklif etamiz”.

Sir emaski, keyingi paytda tobora ko‘proq tadbirkorlar marketing biznes rivoji uchun muhimligini va sotuvlarning samaradorligi ko‘p jihatdan nafaqat mahsulotning o‘ziga, balki bozorda to‘g‘ri pozitsiya tanlashga, ilgarilatishga, iste’molchi bilan muloqotga va marketing faoliyatining boqsha ko‘plab jihatlariga bog‘liqligini tushunib yetmoqdalar. Aynan shu sababli marketing bo‘yicha mutaxassislarga talab hamma joyda yuqori bo‘lmoqda.

Shuni anglagan holda, tashkilotchilar Forum missiyasini belgiladilar – butun mamlakat bo‘ylab marketingni rivojlantirish. Aynan shu sababli konferensiya bir vaqtda mamlakatning ikkita yirik shahrida: Toshkent va Samarqandda o‘tadi. Poytaxt va mintaqalar aholisida yaqin kelajakda birinchi marta yangi formatdagi chiqishlarni tinglash va bilimlar hamda marketing va reklama vositalariga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa, shubhasiz, yangi g‘oyalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. G‘oyalar va tajriba esa yangi imkoniyatlarga eshik ochadi.

MAKON Marketing Forum 2019ga tashrif buyurish kompaniyalar va ishtirokchilar karerasi rivojidagi yangi nuqta bo‘lishiga tashkilotchilarning ishonchi komil. Barchaga ilgarilatishning yangi vositalarini tatbiq etish imkoniyatidan muvaffaqiyatli foydalanishni, o‘z ishining natijaviyligini oshirishni va o‘zi uchun marketing, reklama va sotuvlarda yangi istiqbol ochishni tilaydilar.

MAKON Marketing Forum 2019da qatnashishini tasdiqlagan ma’ruzachilar:

- Zafar Hoshimov, Korzinka.uz
- Murad Nazarov, Murad Buildings
- Ibrohim G‘ulomov, Perfect Consulting Group
- Muxammad Ali Shakirov, Shak’s media
- Umid G‘ofurov, Troll.uz
- Temur Sa’diy, MA’NO Branding
- Bahodir Fozilxo‘jayev, Master Expert Partners
- Akmal Nasridinov, Marketbridge
- Alisher Isayev, SAP
- Aziz Gapparov, Business Navigator Consulting
- Baxtiyor To‘xtayev, PRO Marketing
- Azizbek Yusufov, Le Bazar
- Bosh hamkor – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi.

MAKON Marketing Forum 2019 tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligi qo‘llab – quvvatlash markazi, Milliy marketing markazi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekiston endi yana bir yo‘nalishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi 30 may, 15:35
  • Navoiyda ishbilarmon va tadbirkorlar xalqaro biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda 30 apr, 21:10
  • Marketing va reklama Haftaligi ADWEEK 2017 yana eng saralarni to‘plamoqda 26 sen, 06:22
  • Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi 04 may, 22:24
  • Toshkentda marketing va reklama haftaligi boshlandi 19 apr, 22:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar