“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:56
ЎЗO‘Z

YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi

30 sen, 21:02 682 O‘zbekiston
YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi
Yevropa Komissiyasi Yevropa kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi, deya xabar beradi Regnum.ru nashri.

Shu bilan birga, Yevropa Komissiyasi vakilining aniq fikrlari keltirilmagan. Nashrning qayd etishicha, o‘tgan hafta oxirida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamaxmudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda O‘zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etgan. Tadbir Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi.

“Yevropa kompaniyalariga murojaat qilgan Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa Komissiyasining boshlig‘i An-Sharlot Bournovill YeI energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini ta’kidladi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev respublika hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarining aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyadorlarga bosqichma-bosqich sotishni rejalashtirayotganini aytgandi. Faqat qurilishi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan bir nechta gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari davlat boshqaruvida qoladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin 12 iyul, 10:36
  • Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi 07 iyul, 07:47
  • Alisher Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimida qoladigan boʻldi 15 sen, 06:00
  • Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning energetika sohasiga 450 mln dollar ajratadi 13 dek, 22:23
  • O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyani qabul qilishga tayyor 05 noya, 09:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar